Guruhlar ichida guruhchalar: Telegram'ga topiklar qo'shilmoqda

Guruhlar ichida guruhchalar: Telegram'ga topiklar qo'shilmoqda

Telegram'ning Android uchun navbatdagi beta versiyasida yangi "Topiklar" funksiya paydo bo'ldi. Topiklar guruh ichida ochiladigan kichik guruhchalar bo'lib, ular katta guruh ichida alohida "xona" yaratib, unda ma'lum bir qiziqishga qaratilgan mavzuda suhbatlashish imkonini beradi.

Ma'lum bo'lishicha, topiklarni faqat 200 dan ortiq a'zoga ega bo'lgan va kanalga ulanmangan guruhlarda ochish mumkin bo'ladi. Katta ehtimol bilan topiklarni guruh egasi (yoki administrator) ocha oladi. Telegam Premium obunasi egalari topik surati sifatida istalgan emojini qo'yib olishlari mumkin. Albatta, topiklarni istalgan o'chirib tashlash yoki o'chirmasdan ularni yopib qo'yish va qayta ochish mumkin bo'ladi.

Hozirda topiklar test jarayonida. Ular ishga tushirilganida esa guruh sozlamalari menyusida paydo bo'ladi.

O'QING: Tez kunda Telegram'da bitta akkaunt bilan bir nechta foydalanuvchi nomlariga egalik qilish mumkin bo‘ladi