Telegram uchun "tekin" so'zi endi boshqa ma'noni anglatadi

Telegram uchun

Telegram messenjeri o'z mobil ilovasiga kirish sahifasidagi "Tekin" so'zi uchun tavsifni 2013-yildan beri birinchi marta o'zgartirmoqda. Bu haqidagi ma'lumot platformaning Tarjimalar saytida paydo bo'lgan.

Endilikda Telegram "har doim bepul. Reklamalarsiz. Obuna to'lovlarisiz." emas, balki Telegram "chatlar va media uchun bepul cheksiz bulutli xotirani taqdim etadi.".

Ushbu yangilanish messenjerning keyingi yangilanishida paydo bo'lishi mumkin. Ta'kidlash joizki, yaqinda Telegram o'zining pullik obunasi ustida ishlayotgani va unda eksklyuziv funksiyalar (1, 2) bo'lishi ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Meta (sobiq Facebook) o'zbekistonlik dasturchilarga sarmoya kiritadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.