Telegram yuzerneymlari auksionga chiqarildi

Telegram yuzerneymlari auksionga chiqarildi

Bir necha oy avval Pavel Durov o'zining Telegram messenjeridagi @royal kabi jozibali va shunga o'xshash barcha to'rt harfli foydalanuvchi nomlarini auksionga qo'yilishini ma'lum qilgan edi va bu tez orada amalga oshadigan ko'rinadi: Telegram yuzerneymlarni NFT ko'rinishida sotishga tayyorlanmoqda.

TON texnologiyasiga asoslangan GetGems NFT platformasida "Telegram usernames" va "Debug Telegram Usernames" nomli ikki kolleksiya paydo bo'ldi. Durov's Code'ning xabar berishicha, NFT'lar 11-oktabrda mint qilingan va ular Telegram jamoasi tomonidan joylangan. 

Birinchi kolleksiya o'z ichiga erevan.t.me kabi besh va undan ko'p harfli, shuningdek, abcd.t.me, name.t.me kabi bir nechta to'rt harfli va shu bilan birga mrt.t.me, mmm.t.me kabi uch harfli yuzerneymlar mavjud va ularning umumiy soni 24 tani tashkil qiladi. Yana bir kolleksiyada faqat bitta, mmm.t.me yuzerneymi bor. Hozircha bularning hech qaysi birini sotib olib bo'lmaydi.

Durovga ta'kidlashicha, bunday qisqa va jozibali foydanaluvchi nomlarini auksion orqali sotish, bo'lajak egalariga ulardan yaxshi maqsadda foydalanishlariga motivatsiya bo'ladi.   

O'QING: Telegram'da avval bepul bo‘lgan funksiya Premium obunaga qo‘shilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!