Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarining asoschisi — Pavel Durov haqida faktlar

Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarining asoschisi — Pavel Durov haqida faktlar

Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder(rubl bo‘yicha) bo‘lgan rossiyalik dasturchi Pavel Durov 1984 yil 10 oktyabrda tug‘ilgan.

  • 11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “zastavka” larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.
  • 2006 yilda Pavel Sank Peterburg davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda o‘qish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, “zahiradagi leytenant” unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu yili Vkontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.
  • Universitetda o‘qish mobaynida u, ikkita internet proyekt yaratadi, ikkalovi ham o‘zining universiteti(SPbGU) va Rossiyaning boshqa universitetlari o‘rtasida referat va ideyalarni almashish imkonini beradigan proyekt edi.
  • Durovning o‘rtog‘i unga facebook ijtimoiy tarmog‘ini ko‘rsatadi va undan ruhlangan Pavel, Rossiyaliklar uchun facebook’ga o‘xshagan ijtimoiy tarmoq yaratishga kirishadi, bu proyektni dastlab u Student.ru deb nomlamoqchi bo‘ladi, keyin Vkontakte nomiga o‘zgartiradi ( har bir talaba baribir o‘qishni bitiradi, ya’ni talabalik maqomidan chiqadi deb o‘zgartiradi). Vkonakte yaratilgandan so‘ng (2006 yil 1 oktyabr), bu sayt faqat barcha universitet talabalarining anketalarini saqlash uchun ma’lumotlar bazasi sifatida ish boshlagan, keyinchalik ijtimoiy tarmoq sifatida rivojlanib ketgan.
  • Bu proyekt ustidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lgan, sud bir necha bor ish olib borgan, buning sababi, avtorlik xuquqidir ya’ni, sayt kontenti o‘g‘irlanganlik.
  • Pavel Durov, dasturlashga oid xar hil chempionatlarda, rossiyalik talabalar guruhlarini qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirib kelmoqda.
  • Qiziq ma’lumot, Durov 7 yoshigacha «R» harfini ayta olmagan ekan.
  • Pavel vegeteran hisoblanadi. Undan tashqari alkogol ichimliklardan, qimmatbaho uylardan, avtomashinalardan yiroqda yurar ekan. Ishga ham metroda borar ekan, lekin sayohat qilishni kanda qilmas ekan.
  • O‘zining kumiri sifatida Durov Apple asoschisi Stiv Jobsni bilar ekan.
  • Pavel 2011 yil, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 7.9 milliard bilan 350 o‘rinni egallagan.
  • 2012 yil Digital Life Design konferensiyasida Pavel Durov Vikipediya on-layn ensiklopediyasi uchun 1 million dollardan voz kechadi.
  • 2012 yil 19 noyabrda “Mann, Ivanov va Ferber” nashryoti Nikolay Kononovaning “Kod Durova” deb nomlangan kitobini chiqardi. Bu kitob Vkontakte ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durovga bag‘ishlangan bo‘lib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.
  • AR Films kompaniyasi, prodyusser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni kino ko‘rinishida namoyon qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014 yilda ommaga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
  • 2013 yil Durov “Digital Forest” kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messenjerini ommaga taqdim etadi.

Manba: ITportal.Uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!