Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  17169
  •  20.11.2017 11:01

Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

Ayrim hollarda WhatsApp va Telegram kabi ommabop messenjerlarda birovga yuborilgan xabarni o‘chirib tashlashadi. Biroq Android tizimidagi qurilmalarda shundan keyin ham ularni tiklab, o‘qish yo‘li topildi, deb yozadi Telegram News kanali.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Agarda o‘zingizga kelgan xabarni o‘qib bo‘lgach, o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, uni yana tiklash iloji bor ekan. Nafaqat o‘zingiz o‘chirganlarini, balki sizga yuborilgan xabarni hali o‘qib ulgurmasingizdan oldin jo‘natuvchi o‘chirgan bo‘lsa ham, baribir ochib o‘qisa bo‘ladi.

Biroq buning yaxshi yoki yomon ekanligi borasida bir nima deyish qiyin.

Bu ikkala messenjerda allaqachon o‘chirilgan xabarlarni tiklash imkoniyati Android’ning bildirishnomalar reyestridagi xususiyat bilan bog‘liq. Chunki o‘chirilgan xabarlar ham reyestrda saqlanib turadi. Faqat bu yerdagi yozuvlarni ko‘rish uchun sizga «Bildirishnomalar tarixi» – «Istoriya uvedomleniy» (Jurnal uvedomleniy) ilovasi kerak bo‘ladi. Uni esa mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-6: fan va texnologiyalarga qiziquvchilar uchun!

Aytish kerakki, WhatsApp faqat siz allaqachon o‘qigan xabarlarni yoki bildirishnomasini o‘zingiz o‘chirgan xabarlarni saqlaydi. Boshqa hamma narsa reyestrdan yo‘qolib ketadi, ochib ko‘rishga urinsangiz, «Bu xabar o‘chirilgan» yozuvi chiqadi.

WhatsApp’dan farqli ravishda, Telegram o‘chirib yuborilgan xabarning «iz»ini saqlamaydi, ammo o‘chirilgan barcha xabarlarning o‘zini bildirishnomalar jurnalida saqlaydi. Agarda kimdir sizga xabar yuborgan-u, o‘qib ulgurmasingizdan avval o‘chirib tashlagan, deya gumonga borsangiz, shu jurnalni ochib, buni tekshirishingiz va, tabiiyki, o‘chirilgan xabarlarni o‘qishingiz mumkin.

Ammo bir jihatini yodda tuting: har ikkala messenjerda ham o‘chirilgan xabarlarni tiklash imkoniyati faqat smartfon o‘chirib-yoqilgunigacha saqlanib turadi. Bildirishnomalar jurnali oxirgi bir necha soatdagi ma’lumotlarnigina saqlaydi va har gal qurilma o‘chirib-yoqilganida undagi barcha yozuvlar o‘chib ketadi.

Yaqindagina yangilanib, katta imkoniyatlar taqdim etgan Telegram 4.5 versiyasida ham ushbu muammo saqlanib turibdi.

O‘QING: Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!