Telegram X’ning Android ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  6600
  •  28.07.2018 16:15

Telegram X’ning Android ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

O‘zbekistonda juda ommabop messenjer – Telegram jamoasi o‘z mahsulotini takomillashtirishda davom etmoqda. Shu bilan birga, messenjerning Swift dasturlash tilida yozilgan muqobil kliyenti – Telegram X ham muntazam yangilanib kelmoqda.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan Telegram X messenjeri bugun 0.20.10.967 talqiniga qadar yangilandi. Unda quyidagi yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Blokirovkani aylanib o‘tish vositalari yaxshilangan.
  2. Har bir maxfiy chat uchun alohida pin-kod o‘rnatish imkoni bor.
  3. Ilovaning blokirovka kodini ortiqcha terib yuborishdan himoya qo‘shilgan.
  4. GIF-animatsiyalarni davomiyligi bo‘yicha «surish» imkoni qo‘shilgan (vaqt shkalasi ko‘rinadi).
  5. «Umumiy media» (Shared Media) qismiga GIF’lar, ovozli xabarlar va videoxabarlar varaqalari qo‘shilgan.
  6. Guruhdagi muayyan bir foydalanuvchining barcha xabarlarini ko‘rish imkoni mavjud.
  7. Kelgan yangi xabarni bildirishnomaning o‘zidanoq «o‘qilgan» deb belgilab qo‘yish mumkin.
  8. Boshqa kichik yaxshilash va tuzatishlar amalga oshirilgan.

«Yashil robotchali» devayslar egalari o‘z smartfon yoki planshetlariga Telegram X’ni mana bu havola orqali o‘rnatib (o‘rnatilgan bo‘lsa – yangilab) olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.