Telegram X’ning Android kliyenti ham yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  2412
  •  01.02.2018 12:02

Telegram X’ning Android kliyenti ham yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Telegram jamoasi messenjerning muqobil kliyenti – TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan tezkor Telegram X ilovasini dastlab iOS-qurilmalar uchun taqdim etgan edi. Android-gadjetmalar uchun uning rasmiy analogi – Challegram taqdim etildi, so‘ngroq esa u ham yangilanib, nomi ham Telegram X’ga aylantirildi.

O‘QING: Xushxabar: Android uchun ham Telegram X taqdim etildi!

Endi esa ushbu ikkala messenjer ham rivojlantirilib, yangilab borilmoqda. Jumladan, Android uchun Telegram X kliyentining 0.20.4.786 versiyasi taqdim etildi.

Ushbu yangilanish bilan «yashil robotchali» qurilmalar egalariga quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. InstantView Editor havolalari endi InstantView tarzida aks ettiriladi.
  2. Musiqiy ijrochini audiotanaffusdan so‘ng bildirishnomalar panelidanoq yopish mumkin bo‘ldi.
  3. Maxfiy chatlar uchun chatni oldindan ko‘rish yopilgan.
  4. Saqlangan xabarlar uchun belgi (otmetka) olib tashlangan.
  5. Proksi-server sozlamalari hamda jurnal parametrlari boshlang‘ich sahifaga joylashtirilgan.
  6. Theme / Bubble rejimlarining biridan ikkinchisiga o‘tishdagi muammo hal etilgan.
  7. Boshqa yaxshilash va tuzatishlar amalga oshirilgan.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Android tizimli smartfonlar egalari tezkor Telegram X messenjerini o‘rnatib olish (o‘rnatib olganlar esa yangilash) uchun mana bu havola orqali Google Play do‘koniga o‘tishlari mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!