Telegram X’ning iOS-ilovasi yangilandi – yangi imkoniyatlar!

  •   DiMaX
  •  1048
  •  01.02.2018 09:14

Telegram X’ning iOS-ilovasi yangilandi – yangi imkoniyatlar!

TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan tezkor messenjer – Telegram X dastlab Apple qurilmalari uchun, so‘ngroq esa Android-gadjetlar uchun ham taqdim etilgan edi. Dasturchilar jamoasi original kliyent bilan bir qatorda uni ham rivojlantirishda davom etishmoqda.

O‘QING: iOS uchun yanada tezkor Telegram X taqdim etildi

Endi esa iOS tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun Telegram X ilovasi 5.0.2 (242) talqiniga qadar yangilandi. Unda foydalanuvchilar uchun quyidagi o‘zgarish va yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Bir qancha yaxshilashlar evaziga ilovaning o‘zi yanada silliq ishlaydigan bo‘lgan.
  2. Live Locations funksiyasi – endi suhbatdoshingizga ayni paytdagi joylashuv o‘rningizni real vaqt rejimida yuborish imkoni bor.
  3. Moderatsiya jihozlari (taqiqlash, spam haqida hisobot berish va boshqalar) yaxshilangan.
  4. Superguruhlarda va kanallarda endi ma’murning so‘nggi harakatlarini ko‘rish mumkin.
  5. Matnlarni endi turli (to‘qrang, kursivli, harflari bir xil kenglikdagi) formatlarda yozish, shuningdek, sarlavhadagi formatlangan matnni ko‘rish mumkin.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Allaqachon Telegram X’dan foydalanayotgan iPhone va iPad egalari bu ilovani yangilashlari, bu kliyentni hali o‘rnatib olmaganlar esa mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.