Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

  •   DiMaX
  •  12547
  •  04.01.2018 12:24

Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

O‘tgan yilning oxiriga kelib Telegram Messenger LLP kompaniyasi Apple mobil qurilmalarida ishlatishga mo‘ljallangan messenjerining muqobil ilovasini taqdim etdi. Oddiy versiyadan farqli ravishda, uni Telegram X deb nomlashgan; ehtimol, uning atalishi ham kupertinolik gigantning iPhone X superflagmani nomiga uyqash bo‘lishini istashgandir.

O‘QING: iOS uchun yanada tezkor Telegram X taqdim etildi

Aytish kerakki, Telegram Messenger LLP kompaniyasi mazkur messenjerning web-versiyasini ham, statsionar kompyuterlarda qo‘llanadigan Telegram Desktop dasturini ham, Android-qurilmalar uchun Telegram ilovasini ham ishlab chiqqan va mazkur mahsulot bilan bog‘liq huquqlarga egalik qiladi. Xo‘sh, u ishlab chiqqan yangi dasturiy ta’minot – Telegram X ilovasining o‘ziga xosliklari nimalarda?

Yangi kliyent to‘qrang interfeys mavzusiga ega bo‘lishidan tashqari, uning «ichki dunyosi» ham o‘zgacha. Ya’ni, Telegram X messenjeri Apple tomonidan yaratilgan Swift dasturlash tilida qaytadan yozib chiqilgan.

Bevosita foydalanuvchi uchun uning ustunliklaridan biri – bu ilovada quvvat tejash samaradorligi oshirilgan. Ya’ni, u iPhone yoki iPad akkumulyatorining quvvatini odatiy Telegram ilovasi kabi tez kamaytirmaydi.

Shuningdek, Telegram X odatiy versiyadan ko‘ra tezkorligi bilan ham maqtana oladi. Bu ilovada animatsiyali stikerlardan foydalanish va shriftlar o‘lchamini o‘zgartirish imkoni ham bor. Bulardan tashqari, unda audiofayllarni qurilmaga yuklab olmasdan turib ham tinglash mumkin. iPad’larga mo‘ljallangan Telegram X esa GIF-suratlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

iPhone va iPad sohiblari Telegram X ilovasini App Store ilovalar katalogidan mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’ning iOS va Android-ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.