Xabarlar silueti, topiklar, videoxabarlarni transkripiya qilish va boshqalar

Xabarlar silueti, topiklar, videoxabarlarni transkripiya qilish va boshqalar

Bir necha kun avval Telegram'ning Android uchun navbatdagi beta versiyasi chiqarildi. Unda quyidagi yangi xususiyatlar sinovdan o'tkazilayotgani ma'lum bo'ldi.

Xabarlar silueti

Sezilarli o'zgarishlarning biri, endi siz chat kontenti yuklanayotgan vaqtda xabar pufaklarining animatsion siluetini ko'rishingiz mumkin.

Yangi "Mavjud emas" xabari

Navbatdagi versiya bilan siz chatning mavjud emasligini bildiradigan xabarnoma dizayni ham o'zgarganini ham ko'rishingiz mumkin. Bunday xabarnoma chat muallif huquqini buzish kabi Telegram qoidalariga amal qilmagani uchun ban qilinganida yoki chat maxfiy o'tkazilayotganida paydo bo'ladi.

Topiklar

Telegram uchun qo'shilayotgan navbatdagi katta yangi funksiya topiklar bo'lib, ular guruh ichida ochiladigan qo'shimcha guruhlar hisoblanadi. Topiklarni 200 dan ortiq obunachiga ega Telegram guruh egalari ochishlari mumkin. Bunda guruh hech qanday kanalga ulanmagan bo'lishi kerak.

Bitta akkaunt uchun bir nechta foydalanuvchi nomlari

O'zining yuzerneymlar auksionini ishga tushirish arafasida Telegram foydalanuvchilarga bitta akkaunt bilan bir nechta yuzerneymlarga egalik qilish imkoniyatini yaratmoqda. Bunda foydalanuvchi bitta yuzerneymni asosiy qilib belgilashi mumkin bo'ladi, qolgan yuzerneymlar esa uning ostida ko'rinib turadi.

Videoxabarlarni transkripsiya qilish

Premium egalari uchun ham yangi funksiya mavjud: navbatdagi yangilanish bilan ular nafaqat ovozli xabarlarni, balki, videoxabarlarni ham matnga o'girish imkoniga ega bo'ladilar.

O'QING: Telegram yuzerneymlari auksionga chiqarildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!