Telegram X’da yirik yangilanish: o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2377
  •  21.09.2019 16:35

Telegram X’da yirik yangilanish: o‘zgarishlar bilan tanishing!

Yurtimizda keng tarqalgan messenjerning rasmiy muqobil ilovasi Telegram X ham takomillashishda davom etmoqda. Uning Android platformasi uchun ishlab chiqilgan ilovasi 0.22.0.1205 versiyasiga qadar yangilandi.

O‘QING: Telegram’da jiddiy xatolik aniqlandi! Uni topgan dasturchi esa mukofotlandi (+video)

Yangilangan Telegram X kliyentida quyidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar mavjud:

— Animatsiyali stikerlar.

— Chatda global huquqlar berilgan.

— Guruh ma’mur (administrator)larini ko‘rish mumkin (chat profili → «uch nuqta» tugmachasi → «View admins»).

— Qo‘shimcha maxfiylik parametrlari.

— Interfeys mavzularida oboylardan foydalanish.

— Mediafayllarni yuksak sifatda ko‘rish.

— Instant View ishlay boshlagan (to‘liq ekranda ochish, svayp bilan yopish, brauzerga o‘tish imkoni va hokazo).

— Kemtik ekranli qurilmalarga moslab to‘g‘rilangan.

— Qo‘ng‘iroqlar uchun internetdan foydalanish sozlamalariga «Roumingda» bandi qo‘shilgan.

— Foydalanuvchining guruhga yoki kanalga a’zo bo‘lgan vaqtini ko‘rish mumkin (ishtirokchilar ro‘yxatida keraklisining ustiga bosib ushlab turiladi).

— Guruhdagi so‘nggi amallarda so‘rovni to‘xtatish hamda global huquqlar o‘zgarishlarining aks ettirilishi.

— Agar guruhda havola bo‘yicha dastlabki ko‘rish (predprosmotr po ssilkam) taqiqlangan bo‘lsa, xabar matnini kiritish maydonida ham u chiqib turmaydi.

— Guruhning tavsifi va suratini uning profili orqali o‘zgartirish imkoni (buning uchun sizda mazkur amalga huquq bo‘lsa).

— Guruhlar va superguruhlar uchun bir xil sozlamalar joriy etilgan; guruhning ayrim sozlamalarni o‘zgartirish paytida uni superguruhga aylantirish taklif etiladi.

— Kliyent ichida ilovaning yangilanishi yo‘lga qo‘yilgan.

— Ekranni ikkiga ajratish rejimida holat qatorining dublikato olib tashlangan.

— Chatlar fonining ichki mantig‘i qayta ishlangan: API Backgrounds 2.0’ga o‘tilgan, yangi oboylar qo‘shilgan.

— Chatning fonlari orasida biridan ikkinchisiga o‘tish yaxshilangan.

— Matnni tahrirlashda svayp orqali chiqib ketish funksiyasi olib tashlangan (oldin shu funksiya sababli o‘zgarishlar yo‘qolib ketardi).

Yuqoridagi yangi imkoniyatlar yaqin orada yangilanuvchi iOS-ilovada ham joriy etiladi. Android-devayslar egalari esa Telegram X kliyentini mana bu havola orqali yangilab (yoki o‘rnatib) olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!