Telegram yana bir qulaylik bilan boyitilyapti!

  •   DiMaX
  •  2492
  •  21.10.2020 09:12

Telegram yana bir qulaylik bilan boyitilyapti!

O‘zbekistonda juda ommalashgan Telegram messenjeri yaqindagina 7.1 versiyasida chiqib, ko‘plab yangi imkoniyatlar olib kelgan edi. Bu dastur joriy yilning sentyabrida eng ommabop ilovalar top-o‘ntaligiga ham kirgan.

O‘QING: Qarshi oling: Telegram.org sayti ham endi o‘zbek tilida!

Telegram Info norasmiy resursi xabariga ko‘ra, mazkur messenjer dasturchilari yana bir yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishmoqda. Foydalanuvchilarga u navbatdagi yangilanish bilan yetib keladi.

Bilamizki, Telegram-kanalda hamda guruhda biror xabarni chatning tepasiga biriktirib qo‘yish mumkin. Manbaga ko‘ra, yangilanganidan so‘ng messenjerdagi shaxsiy yozishmalarda ham ushbu funksiya bo‘ladi. Bu imkoniyat Telegram’ning barcha platformalardagi versiyalari uchun taqdim etiladi.

Xabarda aytilishicha, shaxsiy chatlarda xabarni biriktirib qo‘yish funksiyasi messenjerning sinov serveridagi Telegram versiyalarida hozirdanoq ishlamoqda.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.