Telegram yana yangilandi: viktorinalar va yangicha so‘rovnomalar

  •   DiMaX
  •  3539
  •  24.01.2020 17:44

Telegram yana yangilandi: viktorinalar va yangicha so‘rovnomalar

Yurtimizda ommalashgan Telegram messenjerining Android hamda iOS ilovalari 5.14 talqiniga qadar yangilandi. Dasturchilar bu gal undagi so‘rovnomalarni yangilashgan, viktorina tashkil etish imkonini qo‘shishgan va interfeysning ko‘rinishini yaxshilashgan.

O‘QING: Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

Ochiq so‘rovnomalar

Avval barcha so‘rovnomalar anonim edi; endi esa ularning ochiq ovoz beriladigan turi ham paydo bo‘ldi.

Bunda kimlar ovoz bergani va qaysi variantni tanlagani barchaga ko‘rinib turadi.

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

Tanlash imkoniyati endi keng

Bir necha javoblari bilan e’lon qilingan so‘rovlarda endi biryo‘la bir nechta variant uchun ovoz berish mumkin.

Ushbu funksiya yordamida guruhlarda turli tadbirlarni rejalashtirish mumkin. Shuningdek, bittadan ortiq javobni belgilash kerak bo‘ladigan vaziyatlarda ham mazkur imkoniyatdan foydalansa bo‘ladi.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Viktorinaga tobingiz qalay?

Yangilangan so‘rovnomalar bilan birga endi viktorina yaratish imkoni ham taqdim etildi, ishtirokchilar unda to‘g‘ri javobni tanlashlari mumkin bo‘ladi.

Bir necha so‘rovlarni va multimediani o‘z ichiga oluvchi viktorina uchun @quizbot botidan foydalanish mumkin.

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!»

Vizual yaxshilanishlar

Telegram’ning yangilangan ilovalarida interfeys ham silliqlangan, aniqrog‘i – uni sozlashda yana bir imkoniyat taqdim etilgan. Ya’ni, unda endi xabarlarning «pufakcha»lari burchaklarining o‘tkirligini sozlash mumkin.

Messenjerning Android-kliyentida ushbu sozlama «Nastroyki > Nastroyki chatov» bo‘limida, iOS-ilovasida esa: «Nastroyki > Oformleniye» qismida joylashgan.

O‘QING: Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

Megabaytingiz kamroqmidi?

Android-qurilmalar foydalanuvchilari uchun Telegram yana bir foydali yangilik taqdim etgan: unda messenjer orqali ko‘chirib olinadigan yoki yuboriladigan m’lumotlarning hajmini aks ettiruvchi yuklash indikatori bor:

Aytish kerakki, kompyuterlar uchun Telegram Desktop dasturi ham barqaror 1.9.7 versiyasida, macOS uchun Telegram esa 5.9 talqinida taqdim etildi. Ularda ham yuqoridagi imkoniyatlarning deyarli barchasi mavjud.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling