Telegram yangilandi: 1000 tagacha tomoshabinli video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

  •   DiMaX
  •  805
  •  31.07.2021 13:09

Telegram yangilandi: 1000 tagacha tomoshabinli video chaqiruvlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar

O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri yangilanib, bir qator foydali funksiyalar bilan boyidi. Telegram Uzbekistan rasmiy kanali shu haqdagi rasmiy xabarni o‘zbekchalashtirib e’lon qilgan.

O‘QING: Abituriyentlarga onlayn ruxsatnomalar berish boshlandi – Telegram’dan ham olsa bo‘ladi!

Guruhli video chaqiruvlar endi 1000 tagacha tomoshabinga ega bo‘lishi mumkin. Telegram’ning yangi versiyasida videolavhalarni tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan rejimda tomosha qilish mumkin. Videoxabarlar uchun tasvir sifati va aniqlik darajasi oshirildi hamda videoni chatning butun eniga kengaytirish imkoniyati yaratildi. Ikkita foydalanuvchi o‘rtasidagi video chaqiruvlarda ekranni translyasiya qilish mumkin bo‘ldi, bundan tashqari, istalgan chaqiruvda ekran translyasiyasi paytida qurilma tovushiuzatiladi.

Guruhli videochaqiruvlar 2.0

Videokonferensiyalar rejimida 30 tagacha foydalanuvchiga kamera va ekranidan video translyasiya qilish imkonini beradi. Bugundan boshlab videokonferensiyalarda 1000 tagacha tomoshabin onlayn leksiyalar, konsertlar, debatlar va boshqalarni tomosha qilishi mumkin.

Tez oradagi yangilanishlarning birida tomoshabinlar soni limiti olib tashlanadi.

Guruhli video chaqiruvni boshlash uchun siz admini hisoblangan istalgan guruh axborot sahifasidan (Android qurilmasida ⋮ menyusida) ovozli chat yarating, keyin videoni yoqing.

O‘QING: Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Videoxabarlar 2.0

Videoxabarlar galereyada ortiqcha videolavhalarni saqlamagan holda atrofda nima yuz berayotganini tezda ulashish imkonini beradi. Bugundan boshlab videoxabarlarda tasvir sifati va aniqlik darajasi yaxshilandi. Agar qabul qilingan xabarni bosilsa, u butun ekranga kengayadi.

Videoxabar bosilsa, u pauzalanadi hamda orqaga qaytarish va oldinga surish tugmalari ochiladi – shuning uchun agar biror narsani o‘tkazib yuborsangiz yoki eshitmay qolgan bo‘lsangiz, videoni to‘liq tomosha qilishingiz shart emas.

Kiritish maydoni yonidagi tugmani qisqa bosilsa, audioxabarlar (mikrofon belgisi) va videoxabarlar (kamera belgisi) o‘rtasida almashtiriladi. Videoxabar yuborish uchun video rejimiga almashtiring va kamera belgisini barmog‘ingiz bilan bosib turing.

Bundan tashqari, qurilmangizda ijro etilayotgan musiqa videoxabar yozish paytida ham ijro etishda davom etadi, orqa kameradan yozish paytida esa siz ikki barmoq bilan chimdish orqali tasvirni kattalashtirish mumkin.

Video ijro tezligi

Yangilangan videopleyerda 0.5, 1.5 yoki 2x ijro tezligini tanlab, videolavhalarni tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin. Android qurilmasida 0.2x tezlik ham dastaklanadi, bu kolibri parvozini tomosha qilish uchun juda mos.

Video ijro tezligini o‘zgartirish uchun videoni butun ekranda tomosha qilayotganingizda Android qurilmasida ⋮ yoki iOS qurilmasida ⋯ belgisini bosing.

Android qurilmasida ovozli xabar va videoxabar ijro etayotganda 0.5x, 1x, 1.5x va 2x ijro tezligi orasida almashtirish uchun 2X tugmasini bosib turishingiz ham mumkin.

Vaqt belgisi havolalari

2019 yildan buyon Telegram videolavhadagi muayyan kadrga havolani dastaklamoqda: video izohida biror vaqtni (masalan, 0:30) ko‘rsatishingiz mumkin va belgini bosganingizda videolavha belgilangan vaqtdan boshlab ijro etiladi. Belgilashlar, shuningdek, video yoki YouTube havolasi bo‘lgan xabarlarga javoblarda ham ishlaydi.

O‘QING: Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

Tovushli ekran translyasiyasi

Yangi versiyada siz ekranni guruhli video chaqiruvlarda ham, ikki foydalanuvchi o‘rtasidagi chaqiruvlarda ham translyasiya qilishingiz mumkin. Bunda nafaqat tasvir, balki qurilmangizdagi tovush ham translyasiya qilinadi.

Chaqiruv va guruhli chaqiruvlarda kamera yoqilganida, video manbasini tanlash osonlashdi – video eskizi esa hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi.

Chaqiruv paytida ekraningizni ulashish uchun kamera tugmasini bosing va video manbasi sifatida ekraningizni tanlang.

Bir oydan keyin avtomatik o‘chirish

Chatlardagi xabarlarda avtomatik o‘chirish taymerini endi 1 kun va 1 haftaga qo‘shimcha sifatida 1 oyga o‘rnatish mumkin.

Android qurilmasida taymerni yoqish uchun, ⋮ > Tarixni tozalash bandini bosing, keyin davomiylikni tanlang. iOS qurilmasida xabarni bosib turin, Tanlash > Chatni tozalash (yuqori chap) > Avtomatik o‘chirish bandini bosing.

Yuqori aniqlikda chizish

Multimedia muharririda yuborishdan oldin rasmlarga chizma, matn yoki stiker qo‘shish mumkin. Kichikroq detallarni chizish osonroq bo‘lishi uchun endi masshtabni o‘zgartirganda mo‘yqalam o‘lchami ham o‘zgaradi.

Mo‘yqalam o‘lchamini oddiy usulda o‘zgartirishingiz ham mumkin: rang tanlashda ko‘rsatkichni yuqoriga torting.

Telegram Desktop ilovasida ham rasmlar muharriri paydo bo‘ldi: rasmlar yoki skrinshotlarni yuborishdan oldin qirqish, burish yoki akslantirish, unga chizma yoki stiker qo‘shish mumkin. Tahrirlangan versiyasini fayl sifatida hajmini kichraytirmasdanyuborishingiz mumkin – buning uchun yuborishdan oldin Rasmlar hajmini kichraytirishparametridan belgini oling.

Kirish kodi animatsiyalari

Yangi animatsiyalar kirish kodiga ega interfeyslarni yanada tezlashtirdi. Agar animatsiyali fondan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u kirish kodli ekran qulfida ham aks ettiriladi.

Parolni tiklash va eslatmalar

Sozlamalardagi yangi bildirishnomalar ikki bosqichli tekshiruv uchun parolingiz aniq yodingizda ekanini tekshirish imkonini beradi.

Telegram hisobingizga kirish imkoni bo‘lgan vaqtda hatto parolingizni unutgan va tiklash uchun email manzilini kiritmagan bo‘lsangiz ham parolni o‘zgartirishingiz mumkin. Parolni asliga qaytarish jarayoniga 7 kun ketadi – bu muddat davomida istalgan qurilmangizdan amalni bekor qilishingiz mumkin.

O‘QING: «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Android qurilmalarida xabarlarni yuborish animatsiyalari

Emoji va stikerlar kabi, matnli xabarlar yengil animatsiyalarga ega – Yuborish tugmasini bosganingizda, matningiz chatga uchganida ravon xabarga aylanadi.

iOS foydalanuvchilari ushbu energiya tejamkor animatsiyalarni avvalgi yangilanishda oldi.

iOS qurilmalarida yangi ilova ichidagi kamera

Endi qurilmangiz masshtablash funksiyasiga ega bo‘lsa, 0.5x dan 2x gacha yaqinlashtirish darajasini tanlashingiz mumkin. Masshtabni yanada aniqroq boshqarish uchun yaqinlashtirish tugmasini bosib turing – qo‘shimcha sozlash vositasi chiqadi.

Ilova ichidagi kameradan foydalanish uchun xabar panelidagi  belgisini bosing va keyin biriktirmalar menyusida kamera bo‘limini tanlang.

iOS uchun boshqa yangiliklar

Xabarlarni uzatishda «Tanlash» tugmasini bosish va xabarni birdaniga bir nechta oluvchiga yuborish mumkin – masalan, biror memni barcha tanishlaringizga tezda ulashishingiz mumkin.

Bir nechta chatni belgilash uchun (masalan, arxivlash yoki o‘chirish uchun) chatlar ro‘yxati bo‘ylab ikki barmog‘ingiz bilan aylantiring.

Guruh chatida yozishmalar tarixini aylantirayotganingizda, qulaylik uchun foydalanuvchilar rasmlari har doim xabarlar yonida ko‘rinadi.

Yangi animatsiyali emojilar

Hech qaysi Telegram yangilanish yangi animatsiyali emojilarsiz to‘liq bo‘lmaydi. Doimgidek, quyidagilardan birini chatda olish uchun bitta emoji bilan xabar yuboring:

Buguncha shular. Keyingi yangilanish ustida 2X tezlikda ishlamoqdamiz, deyiladi Telegram jamoasi xabarida.

O‘QING: Telegram’da rasman xayriya mablag‘larini yig‘ish funksiyasi ishga tushdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!