Telegram yangilandi: qadalgan xabarlar 2.0, yaxshilangan jonli joylashuvlar, pleylistlar va boshqalar

  •   DiMaX
  •  1379
  •  31.10.2020 12:02

Telegram yangilandi: qadalgan xabarlar 2.0, yaxshilangan jonli joylashuvlar, pleylistlar va boshqalar

Kuni kecha biz Telegram ilovasiga ayrim animatsiyali emodzilarga ovoz effekti baxsh etilgani haqida yozgan edik. Messenjer jamoasi allaqachon uning to‘liq yangilangan variantini tarqatdi va bu haqdagi maqolasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘QING: Telegram yana bir qulaylik bilan boyitilyapti!

Bugundan boshlab har bir chatda bir nechta xabarni qadash, tanishlaringiz jonli joylashuv ulashayotgan bo‘lsa, ular yaqinlashganida bildirishnoma olish, musiqalarni pleylistlar sifatida yuborish va boshqa yangiliklarni sinashingiz mumkin.

Bir nechta qadalgan xabar

Endi har bir chatda bir nechta qadalgan xabar ishlaydi. Ular orasida almashtirish uchun shunchaki yuqori panelni bir necha marta bosing yoki barchasini alohida sahifada ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, yangi tugmadan foydalaning.

Kanal va guruhlarga qo‘shimcha ravishda qadalgan xabarlar endi shaxsiy yozishmalarda ham ishlaydi – masalan, xaridlar ro‘yxati yoki do‘stona garovlarni yodda tutish uchun qadash mumkin.

Yaxshilangan jonli joylashuvlar

Tanishlar jonli joylashuvini ulashganida, ular yaqinlashgan paytda sizni xabardor qiluvchi bildirishnomalarni sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari, jonli joylashuvdagi belgilar endi foydalanuvchilar qaysi tomonga qarab yurayotganini ko‘rsatadi. Bu bilan burilishni o‘tkazib yuborgan tanishingizga vaqtida yordam berishingiz mumkin.

Pleylistlar

Bir vaqtda bir nechta tarona yuborganingizda, ular pleylistda birgalikda tartiblanadi – ijro etish, uzatish yoki fikr bildirish osonroq. Taronalardan birini ochsangiz, hammasi Telegram ichki media pleyerida ketma-ket ijro etiladi.

Bir nechta fayl birgalikda yuborilganida ham, ular bitta qulay chat pufakchasida aks ettiriladi. Tabiiyki, siz uni har doim qismlarga ajratishingiz va to‘plamdan faqat bittasini yoki bir nechtasini tanlashingiz mumkin.

Kanal postlari statistikasi

Fikrlar kanallarda obunachilar faolligini oshirdi va endi administratorlarda auditoriya munosabatini kuzatish uchun yana bitta vosita mavjud. Umumiy statistikaga qo‘shimcha ravishda ular har bir alohida post uchun statistikani ham ko‘rishi mumkin – jumladan, post uzatilgan ommaviy kanallar ro‘yxati.

Android uchun yangi animatsiyalar

Android uchun ilova dasturchilarimiz xabarlar yuborish va musiqa pleyerida taronalarni almashtirishda yangi animatsiyalarni qo‘shishdi.

Android foydalanuvchilari uchun yana bitta yangilik: endi yuklangan rasmlarni tahrirlash va qayta yuborish mumkin. Shunchaki ochilgan rasmda mo‘yqalam tugmasini bosing – masalan, unga kerakli qismni tez joylash yoki yuzlarga bosh suyagi stikerlarini qo‘shish uchun.

O‘yin avtomati

Monako asta-sekinlik bilan sayyohlar uchun ochilmoqda, lekin omadingizni sinab ko‘rishning boshqa yo‘li ham bor: istalgan chatga  emojisini yuboring va uchta yettini yig‘ishga harakat qilib ko‘ring.

Agar o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bu 🎲, 🏀, ⚽️ va 🎯 emojilari uchun ham ishlaydi.

Yangi animatsiyali emojilar

Hellouin munosabati bilan biz barcha qo‘rqinchli emojilarga animatsiya qo‘shdik. Chatda ulardan  birini olish uchun shunchaki bitta emojili xabar yuboring. Chatlarda animatsiyali emojilarni ko‘rishda syurpriz olish uchun  va  emojilari ustiga bosib ko‘ring.

Agar Hellouin muxlisi bo‘lmasangiz, bizda siz uchun yana bitta animatsiyali emoji mavjud:

Bu yangilanishni qanday olish mumkin?

Bu funksiyalarga ega yangi versiyani allaqachon Android foydalanuvchilari Google Play yoki APK orqali yuklab olishi mumkin. Agar iOS tizimidan foydalansangiz, siz ushbu yangilanishni a) Apple uni ko‘rib chiqishni yakunlashi bilan YoKI b) Android tizimiga almashtirishga qaror qilishingiz bilan olishingiz mumkin.

Buguncha shular, keyingi yangilanishlarni kuzatib boring!

O‘QING: Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!