Telegram yangilandi – video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIF’lar va boshqalar

  •   DiMaX
  •  2786
  •  05.06.2020 13:49

Telegram yangilandi – video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIF’lar va boshqalar

O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri yangilanib, 6.2 talqinida taqdim etildi. Jamoaning bu haqdagi rasmiy maqolasini Telegram Uzbekistan kanali o‘zbek tiliga o‘girib chiqargan.

O‘QING: Telegram o‘z tarixidagi eng yirik zarbaga uchradi va $1,7 mlrd.lik loyihasidan ayrildi!

Video va rasm tahrirlashda yangi imkoniyatlar

2015 yilda Telegram messenjer uchun unikal bo‘lgan, rasmlar sifatini yaxshilash va ularga chizma, stiker va matn qo‘shish imkonini beruvchi rasm tahrirlagichni taqdim etgan edi. Bugundan boshlab ushbu tahrirlagichda videolarni qayta ishlash hamda video va rasmlarga animatsiyali stikerlarni joylash imkoniyati ham paydo bo‘ldi.

Video tahrirlagich avtomatik ravishda video sifatini yaxshilash – yoki oddiy usulda yorqinlik, to‘yinganlik va boshqa parametrlarni sozlash, shuningdek, matn joylash yoki rasm qo‘shish imkonini beradi.

Rasm yoki videolarga chizishda endi makiyajingizni to‘g‘rilash yoki do‘stingizga ideal mo‘ylov chizish uchun masshtabni kattalashtirish mumkin.

Animatsiyali stikerlarni qo‘shish

Eng muhimi, siz endi istalgan rasm yoki videoga animatsiyali stikerlarni qo‘shishingiz mumkin – masalan, tushlik dasturxoningizni raqsga tushuvchi olchalar bilan bezatmoqchi bo‘lsangiz. Agar rasmga stiker joylasangiz, u avtomatik ravishda GIF-animatsiya sifatida yuboriladi:

GIF’ni rasmga qaytarish uchun – uni oching va skrinshotga oling.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi

Yaxshilangan GIF paneli

GIF panelida yangi Ommabop bo‘limi, shuningdek, mos keluvchi emoji bo‘yicha topish mumkin bo‘lgan GIF’lar jamlanmasi paydo bo‘ldi. Robert Dovney-kichik GIF’ini buning uchun so‘zni yozmasdan yuborish mumkin. 🙄

Biz panelda kerakli GIF‘ni tezroq topishingiz uchun animatsiyalar yuklanishini ham tezlashtirdik. Siz oldin yubormagan istalgan GIF’ni keyinchalik foydalanish maqsadida Oxirgilar varag‘iga saqlash uchun uni ushlab turing.

Moslashuvchan jildlar

Agar chatlaringiz ko‘p bo‘lsa va jildlardan foydalansangiz, ro‘yxatdagi istalgan chatni jildlaringizdan biriga qo‘shish uchun uni bosib turing. Bu jildlardan chatlarni olib tashlashda ham ishlaydi. Katta tozalashni amalga oshirishning ayni vaqti!

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: Kremniy vodiysiga ko‘chmaslik uchun 7 sabab

Android uchun yangiliklar

Android foydalanuvchilarini yana bir nechta yangilik kutmoqda. Endi xabarlarni yangi ravon animatsiyalar bilan yuborish, tahrirlash va o‘chirib tashlash mumkin. Shuningdek, boshqaruv tugmalari va uzun izohlar tezroq g‘oyib bo‘lishi uchun videopleyerni yaxshiladik. 30 soniyadan qisqaroq videolar endi avtomatik takrorlanadi.

Bundan tashqari, keshni boshqarish panelini yangiladik (Sozlamalar > Ma’lumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish). Endi nafaqat ilova qurilmada ortiqcha joy egallamasligiga ishonch hosil qilishingiz, balki interfeys chiroyini baholashingiz mumkin.

Va nihoyat, ikki bosqichli tekshiruv sozlamalarida maymuncha paydo bo‘ldi. Akkauntni qo‘shimcha parol bilan himoyalashga hech qachon kech emas. Agar buni hali amalga oshirmagan bo‘lsangiz, parolni maxfiylik sozlamalarida o‘rnatish mumkin – bir vaqtning o‘zida maymunchadan zavqlangan holda.

Hozircha shular. Biz o‘zingiz nimaligini biladigan funksiya (va bu bilan cheklanmagan holda) ustida ishlashni davom ettiramiz, sizga esa yangi imkoniyatlarni amalda sinab ko‘rishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Siz kutgan xushxabar: nihoyat, Telegram’da guruhli videqo‘ng‘iroqlar ishga tushadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.