Telegram yangilandi. Yangi talqinda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Telegram yangilandi. Yangi talqinda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Telegram'dagilar har doim ilovaning mukammal bo‘lishi harakatida.

Dasturchilar foydalanuvchi amaliyotini yaxshilash uchun uzluksiz harakat qilishini har oy bir necha marta taqdim qilinuvchi yangilanishlardan ko‘rish mumkin.

Play Store'da 100 milliondan ortiq marotaba yuklangan va 4 million munosabatlar orasidan 4.5 reytingga ega messenjerning navbatdagi versiyasi kuni kecha taqdim qilindi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar borasida quyidagilar yozilgan:

5.12.1 talqinda multimedia qo‘yish va ulashish amaliyoti takomillashtirildi.

•20 daqiqa va undan uzonroq podkast va audio treklarni 2x tezlikda tinglang.

•Uzun videolarni tomosha qilish yoki uzun audio treklarni tinglash paytida o‘zingiz to‘xtagan joydan boshlab davom eting.

•Fayl yoki musiqalarni biriktirayotganda joriy jild bo‘ylab qidiruvni amalga oshiring.

•Bir necha qabul qiluvchiga yuborish uchun boshqa ilovalardan ulashish paytida chatni bosib, ushlab turing.

• Barcha arxiv suhbatlarini o‘qilgan deb belgilash uchun Arxiv papkasini ushlab turing.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!