Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz

  •   DiMaX
  •  945
  •  06.03.2021 10:09

Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz

Messenjerlar davrida onlayn muloqotlarda GIF-animatsiyalar ham emodzilar darajasiga chiqqan. Harakatlanuvchi suratlar kishilar uchun o‘zini namoyon etish, hissiyotlarini ifodalash vositasiga aylangan.

O‘QING: Videolar va GIF’larda orqa fonni oson va bepul olib tashlaymiz!

To‘liq nomi Graphics Interchange Format bo‘lgan ushbu formatdagi fayllarni harakatli rasm yoki ovozsiz qisqa video deyish ham mumkin. Garchi oxirgi bir necha yil mobaynida ommalashgan bo‘lsa-da, bu format ancha eski – 1987 yili ishlab chiqilgan. Bu turdagi rasm sifatini yo‘qotmagan olda siqilgan ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi, faqat 256 rangda.

Xo‘sh, to‘laqonli videorolikni qay tariqa GIF-faylga – animatsiyali, lekin ovozsiz rasmga aylantirish mumkin? Bunda bizga aksariyatga sevimli bo‘lgan Telegram messenjeri yordam beradi. Ushbu ilovaga videorolikni GIF-animatsiyaga transformatsiya qilish imkoni ham qo‘shilgan.

Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kifoya:

  1. Istalgan bir chatda jo‘natish uchun kerakli videofaylni tanlang.
  2. Yuborishdan oldin chiquvchi rolikni tahrirlash oynasida ovoz belgichasi ustiga bosing.

  1. Bo‘ldi, uni yuborsangiz, ovoz yo‘lakchasi olib tashlanadi va rolik GIF formatida jo‘natiladi.

Agarda biror videoni kimgadir yuborish uchun emas, shunchaki o‘zingiz uchun GIF-animatsiyaga aylantirib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi usulda uni o‘zingizga – «Izbrannoye»ga yuborsangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Istalgan qiyofani xohlagan GIF-animatsiyaga qo‘yib beruvchi yangi ilova chiqdi! (+video)