Telegram yuzerneymlari auksioni ishga tushirildi

Telegram yuzerneymlari auksioni ishga tushirildi

Uzoq kutilgan Telegram foydalanuvchi nomlari auksioni vanihoyat ishga tushirildi. Endi siz Fragment nomli platformada Telegram jamoasi tomonidan band qilingan turli xil jozibador yuzerneymlarni auksionda ishtirok etib sotib olishingiz mumkin.

"Fragment platformasi Telegram kompaniyasiga tegishli emas, bu shunchaki foydalanuvchilar o‘rtasida raqamli narsalarni sotish uchun bepul platforma" deyiladi Fragment shartlarida.

O‘z nomidan ma’lumki, yuzerneymlar Fragment'da auksionga qo‘yiladi. Bir hafta davom etadigan auksionda yuzerneym uchun berilgan eng maksimum taklif qabul qilinadi. Taklif egasi yuzerneymni band qiladi va uning yuzerneymga egalik huquqi Telegram tomonidan yaratilgan TON blokcheynidagi aqlli shartnoma bilan himoyalanadi. To‘lovlar TON kriptovalyutasi orqali amalga oshiriladi.

Qizig‘i shundaki, bu yerda to‘rt harfli yuzerneymlar ham mavjud bo‘lib, ularning narxi boshqa ko‘p harflilardan ancha qimmat. Umuman, platformaga joylangan foydanalanuvchi nomlari qancha oz harfli bo‘lsa, unda u shuncha qimmat bo‘ladi. Hozirda platformada faqat bosh harfi A dan H gacha bo‘lgan yuzerneymlar bo‘lib, I dan Z gacha bo‘lgan harflardan boshlanadiganlari esa tez orada chiqariladi.

Aynida damda Fragment'dagi eng qimmat yuzerneym @casino bo‘lib, uning narxi 50,000 TON yoxud 97 ming dollarga baholanmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda @bank, @auto va @card kabi to‘rt harfli yuzerneymlari ham bo‘lib, ularga mos ravishda 48,500, 29,100 va 19,400 dollar taklif qilinmoqda. Qolaversa, platformada @dior, @adidas, @amazon, @chanel va @armani kabi brend nomlarini ham ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Ilon Mask Twitter'ni sotib olish uchun so‘nggi qadamni tashlamoqda