Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya Premium obunaga qo'shilmoqda

Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya Premium obunaga qo'shilmoqda

Telegram Premium'ni taqdim qilar ekan, Pavel Durov messenjerdagi mavjud funksiyalarning barchasi bepul bo'lib qolishini aytgan edi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra, kompaniya rahbari o'z va'dasida turmayotgan ko'rinadi: Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya endi pullik obunaga qo'shilmoqda.

Endilikda ma'lum bo'lishicha, foydalanuvchilar kanallardagi postlar izoh qoldirishda yoki guruhlarda kanal nomidan yozish uchun Premium obunaga ega bo'lishlari kerak bo'ladi.

Telegram jamoasining ularga yaqin bo'lgan manbaga aytishicha, ushbu xususiyat joriy etilganidan beri firibgarliklar soni keskin oshib ketgan va ularni boshqarish ancha qiyinlashgan:

"Kanallar nomidan yozilgan izohlar va yuborilgan xabarlarning 80% spam sifatida aniqlangan. Avval, kanal va guruh administratorlari ushbu xususiyatni butunlay olib tashlashni taklif qilishgan edi, ammo buning o'rniga biz uni Premium obunaga ega bo'lganlar bilan cheklab qo'ydik. Umid qilamanki, bu harakatimiz ushbu xususiyatdan butunlay voz kechmasdan, undan foydalanib amalga oshiriladigan spam operatsiyalarini kamaytiradi."

Guruh yoki post izohlarida kanal nomlaridan izoh qoldirish funksiyasi o'tgan yilning 7-dekabrida taqdim qilingan edi. Tabiiyki, ushbu funksiya ko'pchilik kanal egalariga yoqmagan, chunki ba'zilar ushbu xususiyatdan izohlarda o'z kanallarini tekin reklama qilish uchun foydalangan bo'lsa, ba'zilar yuqorida aytilganidek spam xabarlar tarqatgan.

O'QING: Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo‘shilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.