Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1570
  •  26.04.2021 10:49

Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

Pato05 nikli italiyalik dasturchi Telegram messenjerida fayllarni saqlash servisini yaratdi. Unda barcha ma’lumot messenjerning serverlarida saqlanadi, yuklanadigan fayllar soni va hajmi cheklanmaydi.

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Ushbu servis Uploadgram deb nomlangan bo‘lib, istalgan foydalanuvchi unga fayllar yuklashi hamda onlayn rejimda ular ustida ishlashi mumkin. Muayyan faylga boshqa foydalanuvchilar masofadan turib kirishlari, ko‘chirib olishlari uchun havolani ulashish funksiyasi joriy etilgan. Shuningdek, shaxsiy foto va videolarni ham u yerda saqlab qo‘yish mumkin, yuklanadigan axborot soni cheklanmagan.

Uploadgram servisini ishlatganda fayllar Telegram serverlariga yuklanadi; bunda fayl egasi masofadan turib uni qayta nomlashi va o‘chirib tashlashi mumkin bo‘ladi. Boshqa foydalanuvchilarga esa faylni ko‘rish hamda o‘z kompyuteriga yuklab olish imkoniyatlari taqdim etiladi.

O‘QING: Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

O‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, mazkur servisga pornografik xarakterdagi, zo‘ravonlikka chorlovchi material yuklash, shuningdek, Uploadgram yordamida foydalanuvchilarni aldash mumkin emas. Ushbu qoidalarga amal qilinmaganida yuklangan fayl o‘chirib tashlanadi va ularni yuklagan kishi bloklanishi mumkin.

Uploadgram servisidan hozircha uchta usulda foydalanish mumkin: Android-ilova, @uploadgrammebot Telegram-boti hamda https://uploadgram.me/ sayti orqali. Shuningdek, loyiha muallifi tayyor platforma asosida Uploadgram’ning veb-versiyasini va iOS-ilovasini yaratish imkonini beruvchi qo‘llanmani GitHub servisiga joylagan.

Servisning Telegram-boti bilan ishlash uchun hattoki registratsiyadan o‘tish ham talab etilmaydi – anonim tarzda fayl yuklab qo‘yish mumkin. Biroq bunda yuklanganidan so‘ng fayllarni boshqarish imkoni bo‘lmaydi.

O‘QING: Kun.uz mas’ul xodimining Telegram-akkauntiga buzib kirishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!