Telegram’da guruhli videochat: yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  907
  •  26.06.2021 09:42

Telegram’da guruhli videochat: yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Pavel Durov o‘zining kanalida Telegram messenjerida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini may oyida ishga tushirishlarini aytgandi. Bu imkoniyatni o‘z ichiga oluvchi yangilanish rejalanganidan sal keyinroq keldi.

O‘QING: «Kasperskiy laboratoriyasi» ogohlantiradi: «Telegram endi xavfsiz emas!»

Telegram’ning shu haqdagi xabarini rasmiy Telegram Uzbekistan kanali o‘zbekchaga o‘girib chop etdi va unda shunday deyiladi:

Bugungi yangilanish sizga guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kamerangizni yoqish yoki ekraningizni ulashish imkonini beradi. Bu ovozli chatlarni onlayn darslar, biznes uchrashuvlari va oilaviy yig‘ilishlar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan butunlay yangi darajaga olib chiqadi.

Guruhli video chaqiruvlar

Ovozli chatlar endi oson guruhli video chaqiruvlarga aylanishi mumkin – videongizni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosing.

Videoni butun ekranga yoyish uchun istalgan video ustiga bosing. Agar biror videoni qadasangiz, u yangi foydalanuvchilar chaqiruvga qo‘shilganida va kameralarini yoqqanida fokuslangan holatda qoladi.

Ovozli chatni boshlash uchun siz administratori hisoblangan istalgan guruh profilida ⋮ menyusini bosing (iOS qurilmasida guruh profilida «Ovozli chat» tugmasini topasiz).

Faqat ovoz ishtirokchilari cheklanmagan, video hozircha ovozli chatga qo‘shilgan birinchi 30 kishiga ko‘rinadi. Bu cheklov ovozli chatlar striming o‘yinlari, jonli tadbirlar va boshqalarni qabul qilishi bilan tez orada oshiriladi.

O‘QING: Telegram tomonidan «Tasdiqlangan» kanal – «Koronavirus Info» o‘z nomi va yo‘nalishini butkul o‘zgartirdi

Ekranni ulashish

Kamerangizdan tashqari, siz ekraningizni yoki har ikkalasini bir vaqtda ulashishingiz mumkin.

Ekraningizni ulashish uchun istalgan ilovada yoki belgisini bosing va uni menyudan tanlang.

O‘QING: Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

Shovqinsizlantirish parametrlari

Biz ovozli chatlarda hatto biror qarsildoq taom tanovul qilayotganingizda ham barchaning ovozi tiniq va ravshan eshitilishi uchun shovqinsizlantirishni yaxshiladik. Shuningdek, zarur bo‘lganda sozlamalarda shovqinsizlantirishni faolsizlantirish uchun almashtirish tugmasini ham qo‘shdik.

Planshet va kompyuter qo‘llab-quvvatlanishi

Biz noutbuk, kompyuter yoki planshetdagi katta ekran uchun interfeysni ham gorizontal, ham vertikal holatda qulayroq qilishga harakat qildik. Ishtirokchilar ro‘yxati va videoni ajratilgan ekran holatida ko‘rish uchun yon panelni kengaytirib ko‘ring.

Kompyuterlardagi ovozli chatlar alohida oynada ochiladi, shu sababli, hech narsani kichraytirmasdan yozish va gapirishingiz mumkin. Kompyuter ilovalari ekran ulashilishini tanlash funksiyasiga ega, shu sababli butun ekran o‘rniga alohida dasturni ulashishingiz mumkin.

Kompyuter ilovasidan foydalanayotganingizda ekranini ulashishni boshlagan istalgan foydalanuvchi videosi avtomatik qadaladi. Ayniqsa, bu kichik jamoalar o‘z ishlarini muhokama qilish uchun yig‘ilishganida qo‘l keladi.

O‘QING: Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!