Telegramda ham kamchiliklar bor: ularning beshtasi haqida...

  •   Saroy
  •  2678
  •  08.05.2018 12:50

Telegramda ham kamchiliklar bor: ularning  beshtasi haqida...

 

Muqobil messenjerlar yetarlicha, lekin ularning orasida Telegram alohida o‘rin tutadi. Shunga qaramay, uning ham kamchiliklari bor ekan. Quyida Telegramning raqobatchilariga yutqazayotgan funksiyalari haqida gap boradi.

Foydalanuvchilar bazasi oz

So‘nggi ikki yilda Telegram jadal ommaviylashib bormoqda. «VKontakte» yaratuvchilarining ushbu yangi loyihasi haqida asosan texnologiyalar dunyosida yuz berayotgan yangiliklarni kuzatib borayotgan va ushbu servisning yutuqlaridan faol foydalanayotgan ilg‘or «yuzerlar» bilishadi. Aksariyat foydalanuvchilar esa telegram-kanallari haqida yoki eshitgani yo‘q, yoki qarindoshlari va yaqinlari ortidan Skype, Viber i WhatsApp kabi yanada ommalashgan messenjerlardan foydalanishadi. Ro‘yxati yarim bo‘sh bo‘lgan aloqa bilan Telegramda o‘tirish – yoqimli emas. 

Audio- bilan videokonferensiya yo‘q

Pavel Durov kashfiyotining ustun tomonlari ham yetarli. Lekin guruhli audio- yoki videoqo‘ng‘iroq xizmatini ko‘rsata olmaydi. Bu yo‘nalishda hamon Skype peshqadamlik qilmoqda. Microsoft’ning aynan ushbu mahsulotiga korporativ muhitda ehtiyoj seziladi.  Googlening Facebook Messenger va Hangouts’i ham shunday formatda muloqot qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, hatto WhatsApp’da ham tez kunlarda shunday xizmatlar paydo bo‘ladi.

Videoaloqa yo‘lga qo‘yilmagan

Telegramda guruhli qo‘ng‘iroqlarning yo‘qligi uning oddiy foydalanuvchilari orasida ommalashmaganiga sabab bo‘lyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo Telegramda videoqo‘ng‘iroqlar yo‘qligiga qanday izoh berish mumkin? Albatta, siz qisqa rolik yozishingiz mumkin, lekin barcha raqobatchilar, jumladan Skype, WhatsApp, Viber va Google Duo’ da ham video orqali bemalol muloqot qilish imkoni bor. Bu uzoqdagi yaqinlaringiz bilan aloqani ushlab turishda juda zarur bo‘lgan kommunikatsiya usuli hisoblanadi. Ammo, «teleg»da bu nima uchundir yo‘q.

Ishlash jarayonini tashkillashtiradigan uskuna yo‘q

Ko‘plab kompaniyalar, ayniqsa unchalik katta bo‘lmaganlari uchun Telegram – juda zarur bo‘lgan ishlash uskunasidir. Krossplatformali xizmat axborotlarni tez va qulay almashish imkonini beradi, vazifa beradi, ma’lumotlarni jo‘natadi, boshqa kanal yangiliklariga tayanadi va yana boshqa ko‘p imkoniyatlari bor. Lekin Durov kashfiyotining munosib muqobili ham bor: masalan, messendjer Slack. Ushbu biznes-ilova korporativ foydalanuvchilarga mo‘ljallangan va nafaqat videoqo‘ng‘irog‘i bilan maqtanishi mumkin, balki qariyb yuzlab chet xizmatlar bilan integratsiyalasha oladi, bular qatoriga Dropbox, Google Disk, GitHub, Google hujjatlarini, Twitterni misol qilib keltirish mumkin. Slack  imkoniyatlar juda foydali – bir vaqtning o‘zida xamma xabarlar bo‘yicha ikki tomoni ham ochiq qidiruv.

Yuqori himoya – faqat yashirin chatlarda

Telegram aloqaning himoyalangan vasitasi hisoblanadi. Uni ishlab chiqaruvchilar har doim hamma narsaning boshida xususiylik turibdi, deb ta’kidlaydilar. Kodlash haqiqatan ham yomon ishlab chiqilmagan, Ayniqsa yashirin chatlarda. Biroq, bundanda yashirinroq messenjerlar ham bor. Buning yaqqol misali sifatida Signal Messengerni keltirish mumkin, uning xavfsizligiga  Edvard Snaudenning o‘zi ham qoyil qolgan. Bu muloqotning juda oddiy va mahalliy vositasidir: matnni, ovozni, suratni, video va fayllarni  junatishingiz mumkin. Uni ishlab chiqaruvchilar ishonch bilan aytadilarki – hech kim, xususan ularning o‘zlari uchun ham shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkonsiz. Pavel Durovning ta’kidlashicha,  Signal Amerika hukumati tomonidan kuzatuv olib borish uchun foydalanilar emish. Yuqoridagilardan kelib chiqib qanday xulosa yasashimiz mumkin? Oddiy –Telegram analoglari nafaqat mavjud, balki ba’zi vaqtlarda undan ustunlik ham qiladi.