Telegram’da ishkal: Kanallardagi ko‘rishlar ko‘rsatkichiga nima bo‘ldi?

  •   DiMaX
  •  938
  •  22.07.2020 15:43

Telegram’da ishkal: Kanallardagi ko‘rishlar ko‘rsatkichiga nima bo‘ldi?

Ko‘pchilik kutayotgan videoqo‘ng‘iroq funksiya Telegram’ga shu oydayoq, so‘ng esa yana bir imkoniyat qo‘shilayotgani haqida yozgandik. Bugun – 22 iyul kuni esa mazkur messenjer ishida ayrim muammolar yuzaga keldi, lekin barchasi tezda tuzatildi.

O‘QING: Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

Bu haqda Telegram’ning o‘zbek tilida yuritiladigan Telegram Uzbekistan rasmiy kanali ma’lumot bermoqda. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

So‘nggi bir necha soat ichida kanallardagi xabarlarning ko‘rishlar sonini hisoblashda muammolar kuzatildi.

Ba’zi hollarda, uzatilgan (forward qilingan) xabarlardan olingan ko‘rishlar xabarlarning asl nusxasiga qo‘shilmagan.

Hozirda muammo bartaraf etildi va yangi ko‘rishlar to‘g‘ri qo‘shilishi kerak.

Ammo: tunda yo‘qolgan ko‘rishlar qaytmaydi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!