Telegram’da jiddiy xatolik aniqlandi! Uni topgan dasturchi esa mukofotlandi (+video)

  •   DiMaX
  •  3190
  •  10.09.2019 13:05

Telegram’da jiddiy xatolik aniqlandi! Uni topgan dasturchi esa mukofotlandi (+video)

O‘zbekistonda keng ommalashgan Telegram messenjerining barcha platformalarga mo‘ljallangan ilovalari kuni kecha yangilangan edi. Ishlab chiquvchilari uning maxfiyligi kuchli ekanini aytib maqtanishni yaxshi ko‘rishadi.

O‘QING: Telegram’da ikki bosqichli autentifikatsiya himoyasini buzib bo‘ladimi?

Biroq messenjerning Android-versiyasi himoyasidagi bitta nuqson ma’lum bo‘ldi – unda chatdan barcha uchun o‘chirib yuborilgan mediafayl ham saqlanib qolar ekan. Ya’ni, masalan, siz Telegram’da kimgadir rasm, video yoki ovozli xabar yubordingiz, keyin uni o‘zingiz va suhbatdoshingiz uchun o‘chirib tashladingiz. Bunda o‘sha fayl chatdan yo‘qoladi, lekin suhbatdoshingizning Android-smartfonidagi Telegram yuklamalari jildida baribir saqlanib qoladi.

Mana, buni quyidagi videoda ko‘rishimiz mumkin:

Mazkur xatolik haqida Telegram ma’muriyatiga dasturchi Jiray Mishra xabar qilgach, ishlab chiquvchilar uni navbatdagi yangilanish bilan bartaraf etishdi. Ilova nuqsonini topgan Mishra esa, messenjer xavfsizligini takomillashtirishga qo‘shgan hissasi uchun 2500 yevro miqdorida mukofotlandi.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!