Telegram’da «Jihodchilar» ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

  •   DiMaX
  •  1447
  •  11.11.2019 11:16

Telegram’da «Jihodchilar» ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar kishilarning o‘zaro va jamoaviy muloqotlarda qulaylik yaratishi bilan birga, g‘araz niyatli kimsalar uchun ham vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekistonda hatto ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalarning rasmiy ro‘yxati ham e’lon qilingan.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Qo‘qonda yaqinlariga «Jihodchilar» oqimi faol a’zosining ma’ruzalarini tarqatgan tadbirkor yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Sherali Toshboltayev ma’lum qildi, deb yozadi Everyday nashri.

Xabarga ko‘ra, qo‘qonlik 25 yoshli tadbirkor Abdusalim Hamidov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2017 yili Telegram messenjerida o‘z profiliga ega bo‘ladi. Shu tariqa 2018 yil dekabr oyida u «Salovatlar» nomli guruhga a’zo bo‘ladi. 2019 yil 15 fevral kuni esa kanalda «Jihodchilar» ekstremistik oqimining faol a’zolaridan biri bo‘lgan Abdulloh domlaning «Jannatga oshiqlar» nomli ma’ruzasini o‘ziga yuklab olib, uni 11 nafar sinfdoshi hamda 14 nafar tanishiga tarqatadi.

Toshboltayevning ma’lum qilishicha, tadbirkor o‘z aybini to‘liq tan olgan, shuningdek, guvohlar, sinfdoshlari va tanishlarining ko‘rsatmalari bilan aybi tasdiqlangan. Sud tomonidan unga 4,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi