Telegram’da kanal, guruh yoki bot uchun «Tasdiqlangan» belgisini olish osonlashdi!

  •   DiMaX
  •  1270
  •  08.05.2021 09:41

Telegram’da kanal, guruh yoki bot uchun «Tasdiqlangan» belgisini olish osonlashdi!

Yurtimizda eng ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri foydalanuvchilari tomonidan tez-tez beriladigan savollardan biri – kanalga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkinligidir. Mazkur platformaning rasmiy Telegram Uzbekistan kanali e’lon qilishicha, ushbu jarayon endi soddalashtirilgan.

O‘QING: IT yo‘nalishidagi beshta Telegram-kanal

Telegram jamoasi faqat boshqa platformalarda tasdiqlangan sahifalarga ega bo‘lgan yirik va faol rasmiy kanallar, ommaviy guruhlar yoki botlarni tasdiqlaydi.

Telegram sizning so‘rovingizni qabul qila olishi uchun sizda quyidagi tarmoqlarning kamida ikkisida tasdiqlangan sahifalaringiz bo‘lishi lozim:

  1. Twitter;
  2. Instagram;
  3. Facebook;
  4. Youtube;
  5. TikTok;
  6. VK;
  7. Snapchat.

Sizda aynan shunday bo‘lsa, sahifalar haqiqatan ham sizga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz uchun biz sizdan o‘sha tarmoqlardagi sahifalaringizda (masalan, sahifa tavsifida) Telegram-kanalingizga havola joylashtirishingizni so‘raymiz.

Barcha shartlar bajarilgandan so‘ng bizning @VerifyBot’imiz bilan bog‘laning.

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

– Yuqoridagi barcha tarmoqlarda tasdiqlangan sahifalarim bo‘lmasa-chi?

Agar siz haqingizda Vikipediyada shubhasiz sahifangiz bo‘lsa, u yuqorida boshqa platformalarda talab qilingan tasdiqlangan akkauntlarning birini o‘rnini bosishi mumkin. Bunday holda, maqola sizning Telegram-kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havolaga ega bo‘lishi va Vikipediyaning Ensiklopedik ahamiyati mezonlari va qoidalariga mos kelishi kerak.

– Men tashkilotim vositasi uchun «tasdiqlangan» belgisini olmoqchi bo‘lsam-chi?

Tashkilotning rasmiy veb-saytidagi Telegram-kanaliga havola ham hisobga olinishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi havolalarni tekshirgandan so‘ng, bot qo‘shimcha ma’lumotlar va izohlarni taqdim qilishingizni taklif qiladi.

Agar siz ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringizdan birini o‘rniga Vikipediyaga yoki rasmiy veb-saytga havoladan foydalansangiz, ularda siz Telegram’da tasdiqlamoqchi bo‘lgan kanal, guruh yoki botga havola mavjudligiga ishonch hosil qiling.

O‘QING: Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

– Shaxsiy akkauntimga belgi olishim mumkinmi?

Afsuski, Telegram shaxsiy profillarni tasdiqlamaydi. Tasdiq faqat yirik va faol rasmiy kanal va botlar uchundir.

– Menga ushbu belgi kerakmi?

Telegram’dagi «tasdiqlangan» belgi hech qanday qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmasligini unutmang. Bu belgi, xolos.

Sizning Telegram-kanalingiz rasmiy ekanligini ko‘rsatishni istasangiz, misol uchun, rasmiy veb-sayt yoki boshqa tarmoqlarda unga havolani joylashtirishingiz mumkin.

– Tasdiqdan keyin nom yoki username’ni qanday o‘zgartirish mumkin?

Tasdiqlangan kanal, guruh yoki bot nomini yoki qisqa havolasini o‘zgartirib bo‘lmaydi (t.me/...). Agar o‘zgarishlar zarur bo‘lsa, avval tasdiqni o‘chirib tashlashingiz mumkin. @VerifyBot bilan bog‘laning va /unverify buyrug‘ini yuboring.

Afsuski, hozirgi paytda Telegram’ga juda ko‘p so‘rovlar kelib tushayotgani tufayli tasdiq kafolatlanmaydi.

O‘QING: Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!