Telegram'da keshni tozalab, smartfonimiz xotirasini tejaymiz

Telegram'da keshni tozalab, smartfonimiz xotirasini tejaymiz

Agar smartfoningiz xotirasida fayllaringiz uchun xotira kam qolganini ko‘rsangiz, bu sevimli mesenjeringiz Telegram'ning ishi bo‘lishi mumkin.

Telegram chatlarda ulashilgan barcha media fayllarni saqlab qo‘yadi. Natijada, sizga kerak bo‘lgan joyni messenjer egallanadi.

Chatdagi ulashilgan barcha fayllar bulutda ham saqlanadi, shuning uchun, hech ikkilanmasdan ularni qurilmangizning o‘zidan o‘chirib yuborsangiz bo‘ladi.

Quyida smartfoningizda Telegram hosil qilgan keshni tozalash va xotirani bo‘shatish usuli bilan tanishamiz.

Android smartfonlarda

1. Telegram ilovasini oching.
2. Yuqoridagi o‘ng burchakdagi ikonka ustiga bosib, gamburger menyusini oching.
3. Menyular qatoridan Sozlamalar > Ma’lumotlar va xotiraga o‘ting.
4. Shundan so‘ng, Xotiradan foydalanish > Telegram keshni tozalashni bosing.

iPhone'larda
1. Telegram ilovasini oching.
2. Sozlamalar > Ma’lumotlar va xotiraga o‘ting.
3. Shundan so‘ng, Xotiradan foydalanish > Telegram keshni tozalashni bosing.

O‘QING: Kesh nima?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!