Telegram’da ko‘pchilikka kerakli yana bir funksiya paydo bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  3304
  •  02.12.2020 17:11

Telegram’da ko‘pchilikka kerakli yana bir funksiya paydo bo‘ldi!

Ommabop messenjer – Telegram jamoasi aksariyat foydalanuvchilar kutgan yangi funksiyani sinab ko‘rishga kirishdi. Ya’ni, uning beta-versiyasida guruh tarzidagi ovozli qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Telegram buzilganmidi? Daryo.uz bilan bog‘liq ish bo‘yicha Telegram Uzbekistan bayonoti

Ushbu yangi funksiya Voice chat (Ovozli chat) deb nomlangan bo‘lib, uni ommaviy guruh asosida ochish mumkin. Guruhli audioqo‘ng‘iroq doirasida ochiq guruhning barcha ishtirokchilari yoki faqat ma’murlari gaplashishlari mumkin – bu parametr ovozli chatni ishga tushirishda belgilanadi. Lekin anonim administratorlar guruhli qo‘ng‘iroqda qatnasha olmaydilar.

E’tibor bering: bunda gap faqat ovozli qo‘ng‘iroqlar haqida ketyapti, videokonferensiyalarga hali vaqtli.

Ayni damda Android tizimi uchun ham, iOS platformasi uchun ham Telegram 7.3 raqamli beta-versiyada guruh tarzidagi audiochat funksiyasi ishlamoqda. Ularning so‘nggisini ushbu kanaldan olib o‘rnatib, sinab ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!