Telegram’da navbatdagi yangilanish: siz kutmagan imkoniyatlarni hoziroq sinab ko‘ra olasiz!

  •   DiMaX
  •  3469
  •  22.02.2021 17:57

Telegram’da navbatdagi yangilanish: siz kutmagan imkoniyatlarni hoziroq sinab ko‘ra olasiz!

Xalqimizda ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri o‘tgan oyning oxirida yangilangan edi. Mazkur platforma jamoasi uning navbatdagi apdeytiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bunisi biz kutganimizdan ko‘ra yirikroq yangilanish bo‘ladi.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Telegram messenjerining navbatdagi – 7.5 versiyasida vidjetlar paydo bo‘ladi. Ilovaning Android uchun yangi beta-versiyasida (yuklab olish) allaqachon turli o‘lchamlardagi (2×2 va 5×2) vidjetlar joriy etilgan.

Bulardan birinchisida ish stolida tanlangan kontaktlarni mahkamlab qo‘yish mumkin – ular yordamida o‘sha chatlarga tezkor o‘tish imkoni bo‘ladi. Ikkinchisida esa chatlardagi so‘nggi xabarlar va kanallardagi oxirgi postlar aks ettirilgan. Shunday vidjetlar messenjerning iOS-kliyentida ham bo‘ldi.

O‘QING: Telegram’da reklama paydo bo‘ladi, lekin Pavel Durov bundan qo‘rqmang, deyapti!

Telegram’ga joriy etilayotgan yana bir yangilik esa keng translyasiyali guruhlar (Broadcast Groups) bo‘ladi. Ularda a’zolar soni cheklanmaydi, faqat ma’murlargina guruhga xabar joylay olishadi.

Yangilangan messenjerda yana amal qilish vaqti bo‘yicha yoki taklif etiluvchi ishtirokchilar soni bo‘yicha cheklangan taklifnoma-havolalar ham tatbiq etilmoqda. Xohishga ko‘ra, bunday havolani QR-kodga aylantirish ham mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi mumkinmi?

Kanaldagi publikatsiyalar uchun taymer bo‘yicha muyyan muddatda avtomatik o‘chib ketish funksiyasi bo‘ladi:

Telegram 7.5 talqini keng foydalanuvchilar ommasiga qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas, lekin beta-versiyasini yuklab olib, yuqoridagi imkoniyatlarni hozirdanoq sinab ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!