Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

  •   DiMaX
  •  11440
  •  08.10.2019 11:39

Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

Yuqori darajada maxfiyligi bilan ishonch qozongan Telegram messenjerida ma’lum vaqtdan so‘ng avtomatik yo‘qolib ketadigan surat yoki lavha jo‘natish mumkin. Mazkur funksiya ushbu servisning iOS hamda Android uchun ishlab chiqilgan ilovalarda ham mavjud.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Buni quyidagicha amalga oshiramiz:

  1. Messenjerda foto yoki videofayl yuborish kerak bo‘lgan suhbatdoshni tanlaymiz. Unga fayl biriktirib yuborish (skrepka shaklidagi) tugmachasini bosamiz.
  2. U yerdan jo‘natiladigan rasm yoki lavhani tanlaymiz, uning ostida maxsus menyu qatori ko‘rinadi:

  1. Shu yerdagi taymer belgichasi ustiga bosamiz va kerakli vaqtni belgilaymiz. Yuborilayotgan surat yoki rolik shuncha muddatdan so‘ng g‘oyib bo‘ladi.
  2. Yuborish tugmachasini bosamiz.

G‘oyib bo‘luvchi rasm yoki videoli xabarni olgan suhbatdoshga uning qancha vaqtgacha yo‘qolmay turishi xira tarzda ko‘rinib turadi. Agarda qabul qiluvchi tomon shu payt mobaynida rasmni saqlab qolish uchun ekrandan skrinshot olsa, jo‘natuvchiga bu ko‘rinadi.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.