Telegram’da reklama paydo bo‘ladi, lekin Pavel Durov bundan qo‘rqmang, deyapti!

  •   DiMaX
  •  808
  •  12.02.2021 16:54

Telegram’da reklama paydo bo‘ladi, lekin Pavel Durov bundan qo‘rqmang, deyapti!

Yaqindagina TikTok’ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olgan ilova – Telegram messenjerida reklama bo‘lishi haqida keyingi paytlarda gap-so‘zlar tarqalgan. Telegram Uzbekistan kanali ushbu platforma asoschisining shu boradagi rasmiy postini o‘zbek tilida e’lon qilgan.

O‘QING: Telegram’ning dunyoda birinchi o‘ringa chiqishi sirini Pavel Durov aytdi

Pavel Durov o‘z chiqishida shunday deydi:

Men foydalanuvchilarni boshqa ilovalardan Telegram’ga o‘tish fikridan qaytarayotgan «Telegram reklama joriy qilmoqchi» degan sababga asoslangan maqolani o‘qidim. Bunday maqolalar sizni haqiqatdan chalg‘itadi – buni sizga kamida 3 sabab orqali tushuntiraman:

  1. Telegram’dagi chatlarda reklama bo‘lmaydi

Telegram’ga ijtimoiy tarmoq sifatida emas, balki xabar almashish ilovasi sifatida ishonadigan foydalanuvchilar hech qachon reklamani ko‘rmaydilar. Shaxsiy va guruh chatlarida reklama bo‘lmaydi. Dekabr oyida ta’kidlaganimdek, reklama faqat katta kanallarda (@durov singari) bo‘lishi kutilmoqda. Aytgancha, kanallar kabi ushbu turdagi chat boshqa biron bir messenjerda mavjud emas. Shunday qilib, eski dasturlardan voz kechib Telegram’ga o‘tayotgan foydalanuvchilarning hayotida reklama soni ko‘paymaydi.

  1. Foydalanuvchi ma’lumotlari target reklama uchun ishlatilmaydi.

Biz (WhatsApp va Facebook kabi) target reklama uchun foydalanuvchilardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash axloqsiz deb hisoblaymiz. Bizga DuckDuckGo singari xizmatlarning maxfiyligiga asoslangan yondashuv – foydalanuvchi ma’lumotlarini yig‘masdan xizmatlarni monetizatsiya qilish yo‘li yoqadi. Shuning uchun, agar biz reklamani kanallarga joylashtirsak, ular kontekstli bo‘ladi – kanal mavzusiga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarga asoslangan emas.

O‘QING: Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

  1. Biz mavjud reklamani takomillashtirmoqdamiz.

Aksariyat bozorlarda Telegram’da kontent (bir mavzuga oid postlar, maqolalar) yaratuvchilar o‘zlarining kanallarida reklama postlarni joylashtirib, o‘zlarining kontentini monetizatsiya qilishmoqda. Bu foydalanuvchilarda salbiy taassurot qoldiradigan shilqim reklamani targ‘ib qiladigan ko‘plab uchinchi tomon reklama tarmoqlariga boy betartib bozordir. Biz ushbu vaziyatni kanal egalariga maxfiylikka asoslangan muqobil taklif qilib tuzatmoqchimiz.

Foydalanuvchilar reklamalardan voz kechish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, ammo menimcha, xayriya mablag‘larini jalb qilish yoki obunalarni ijro etishga alternativa sifatida maxfiylikka zid bo‘lmagan reklamalar kanal egalari uchun o‘z mehnatlarini monetizatsiya qilishning yaxshi usuli. Birinchi ikki uslub ustida ham ish olib bormoqdamiz.

Bizning yakuniy maqsadimiz – moliyaviy jihatdan barqaror va o‘z obunachilari uchun maqbul strategiyani tanlashda erkin bo‘lgan kontent yaratuvchilarning yangi sinfini yaratishdir. An’anaviy ijtimoiy tarmoqlar haddan tashqari ko‘p ma’lumot to‘plash va manipulyasion algoritmlar bilan foydalanuvchilar va noshirlardan uzoq vaqt salbiy foydalanib kelishgan. Buni o‘zgartirish vaqti keldi.

Pavel Durov,

2021 yil 11 fevral.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.