Telegram’da sizga foydali o‘zgarish yuz berdi, lekin bunga Facebook’ning nima daxli bor?

  •   DiMaX
  •  1875
  •  13.06.2020 15:55

Telegram’da sizga foydali o‘zgarish yuz berdi, lekin bunga Facebook’ning nima daxli bor?

O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri jamoasi unga o‘zgarish kiritishdi. Endi uning ilovalarida GIF-animatsiyalarni izlash va saqlash uchun Giphy emas, balki Tenor platformasi qo‘llanadi.

O‘QING: Telegram yangilandi – video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIF’lar va boshqalar

Bunday qarorga, aftidan, Giphy servisini yaqinda Facebook kompaniyasi sotib olgani asosiy sababchi bo‘lsa kerak. Xabaringiz borki, Telegram asoschisi Pavel Durov hamisha bu kompaniya servislari, shu jumladan WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan. Bundan tashqari, u yana bir yirik servis haqida jiddiy bayonot bilan chiqish qilgan...

Tenor ko‘pchilikka notanish bo‘lishi mumkin; qisqacha aytganda, u GIF-animatsiyalarni saqlash va topishga xizmat qiluvchi AQSh startapi hisoblanadi. 2018 yilning mart oyida uni Google kompaniyasi sotib olgan. Tenor’ning oylik auditoriyasi 300 milliondan oshiq foydalanuvchini tashkil etadi.

Yuqoridagi o‘zgrishning sizu bizga foydali jihati – Telegram’da endi GIF-animatsiyalar prevyusi tezroq yuklanadigan bo‘lgan.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi