Telegram'da tez orada reklama paydo bo‘ladi

Telegram'da tez orada reklama paydo bo‘ladi

Ommabop Telegram messenjeri jamoasi navbatdagi yirik yangilanish — Telegram 8.0'ning beta-versiyalarini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Beta-o‘zgarishlar ro‘yxatida ko‘rsatilganidek, Telegram 8.0 bir nechta ajoyib xususiyatlarga, shu jumladan, keyingi o‘qilmagan yangiliklar tasmasiga tez o‘tish, xabarni yuboruvchining ismini ko‘rsatmasdan boshqalarga uzatish, homiylik reklamalari, ovozli suhbatlarni har xil rejimda yozish imkoniyati, animatsion gradiyent xabarlar uchun fonga ega bo‘ladi.

GIF animatsiya yorlig‘iga emoji va animatsion emojini kiritgandan so‘ng, stikerlarni oldindan ko‘rish dizayni yangilanadi. Telegram 8.0 chiqishining aniq vaqti hozircha noma’lum.

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!