Telegram’da videoqo‘ng‘iroq ishga tusha boshladi – uni qanday faollashtiramiz?

  •   DiMaX
  •  9768
  •  24.06.2020 14:12

Telegram’da videoqo‘ng‘iroq ishga tusha boshladi – uni qanday faollashtiramiz?

Yurtimizda ommalashgan Telegram ko‘p jihatdan raqobatchilaridan ustun; uning asosiy kamchiligi esa videoqo‘ng‘iroq funksiyasi yo‘qligidir. Mazkur messenjer asoschisi Pavel Durov ushbu opsiya ham ilovaga qo‘shilayotgani haqida avvalroq aytgan edi.

O‘QING: Telegram o‘z tarixidagi eng yirik zarbaga uchradi va $1,7 mlrd.lik loyihasidan ayrildi!

Nihoyat, videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi Telegram’da sinov tariqasida foydalanuvchilarga taqdim etildi. Lekin u hozircha faqat iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan Telegram kliyentining 6.3 raqamli beta-versiyasida mavjud.

Sinab ko‘rishni istagan iPhone egalari avvalo mana bu havola orqali TestFlight dasturini o‘rnatib olishlari lozim. Keyin esa kelgan taklifnomadagi havola yordamida  Telegram 6.3 beta-versiyasini o‘rnatib, undagi debag-menyu orqali uni faollashtirish zarur. Ya’ni, «shesternyacha» belgisi ustiga ketma-ket 10 marta bosish kerak. Keyin esa ro‘yxatning eng oxiridagi «Experimental Feature» pereklyuchatelini yoqsangiz, profil menyusida «Videoqo‘ng‘iroq» tugmachasi paydo bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish muhimki, videoqo‘ng‘iroqni sinab ko‘rishingiz uchun nafaqat sizda, balki suhbatdoshingizda ham mazkur funksiya faollashtirilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, ushbu yo‘riqnomani yaqinlaringizga ulashing va ular bilan Telegram’da videosuhbat qiling!

Messenjerning Android tizimidagi beta-versiyasiga va barqaror kliyentlariga videoqo‘ng‘iroq opsiyasi qachon tatbiq etilishi hozircha noma’lum. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun Terabayt.uz saytini kuzatishda davom eting!

O‘QING: Uyali aloqa operatorlari yana Telegram uchun cheksiz trafik bera boshlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.