Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

  •   DiMaX
  •  2691
  •  24.04.2021 10:43

Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Yaqinda Telegram’da tovarlar va xizmatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosi yo‘lga qo‘yilayotgani haqida yozgan edik. Ushbu messenjerda endi yangi vakansiyalar ochilganini Telegram Uzbekistan rasmiy kanali e’lon qildi.

O‘QING: Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

Vakansiyalar ro‘yxati, tegishli lavozimlardagi vazifalar va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:

  • Kontent moderatori

- Vazifalar: taqdim etilgan ko‘rsatmalarga muvofiq kontentni maxsus interfeysdan foydalangan holda qo‘lda saralash.

- Ingliz tilida erkin suhbatlashish, tahlil qilish qobiliyatlari, tezkor ish bajarish, tafsilotlarga e’tibor berish afzal.

  • Tarjimon

- Vazifalar: ilova interfeysi va veb-saytni, blog maqolalarini, yangilanishdagi o‘zgarishlar ro‘yxatini va boshqa matnlarni qisqa muddatda yuqori aniqlikda tarjima qilish.

- Ingliz va ona tillarida erkin suhbatlashish, tafsilotlarga e’tibor qaratgan holda mukammal yozma muloqot qobiliyatlari afzal.

Arizalar uchun @jobs_bot boti ishlab turibdi. Muvaffaqiyatli tarzda ariza topshirsangiz, sizga bir qator test topshiriqlari yuboriladi.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.