Telegram'da yangilanish: kanallar, millionlab tinglovchilar, yozib olingan chatlar, administratorlar uchun vositalar

Telegram'da yangilanish: kanallar, millionlab tinglovchilar, yozib olingan chatlar, administratorlar uchun vositalar

Telegram messenjeri doimiy ravishda yangilanib va yaxshilanib bormoqda. Xuddi shunday, kuni kecha ilovaning yangi talqini taqdim qilindi.

O‘QING: RASMIY BAYoNOT: Telegram asoschisi Clubhouse’da bormi?

Telegram 7.6 haqidagi rasmiy maqolani Telegram Uzbekistan o‘zbek tiliga o‘girib e’lon qilgan:

«Ovozli chatlar birinchi marta dekabrda paydo bo‘lgan edi va ular guruhlarda jonli muloqot qilish uchun yangi maydonchaga aylandi. Bugundan boshlab ovozli chatlarni kanallarda ham yaratish mumkin, ishtirokchilar soni esa ortiq cheklanmaydi.

Bundan tashqari, ushbu yangilanishda ovozli chatlarni yozib olish, ishtirokchilar ro‘yxatida batafsil axborot, tinglovchilar gapirishi uchun qo‘l ko‘tarish funksiyasi, gapiruvchilar va tinglovchilar uchun taklif havolalari, ovozli chatlar nomlari hamda jamoat arboblari uchun ovozli chatlarga kanallari nomidan qo‘shilish usuli taqdim etilmoqda.

Kanallar administratorlari va ommaviy guruhlar endi millionlab jonli tinglovchilar uchun mezbonlik qilishi mumkin. Suhbatlaringiz qanchalik mashhur bo‘lishidan qat’i nazar yangi odamlar unga qo‘shilishi mumkin. Bu radiostansiyalar texnologiyalarning yangi darajasiga chiqishiga o‘xshaydi.

Ovozli chatni boshlash uchun siz administratori bo‘lgan istalgan guruh yoki kanal profilini oching, (⋮) yoki (⋯) belgisini bosing va Ovozli chatni boshlash bandini tanlang.

Yozib olingan chatlar
Telegram'da qaysi ma’lumotlarni izsiz o‘chirib tashlash, qaysilarini saqlash va foydalanishni faqat siz hal qilasiz. Ovozli chat administratorlari endi audioni yozib olishi va muhokamani o‘tkazib yuborgan kuzatuvchilar uchun uni post qilishi mumkin.

Yozib olishni tugatgach, audiofayl Saqlangan xabarlaringizga darhol keladi. Agar chat yozib olinayotgan bo‘lsa, bu haqida barcha bilishi uchun ovozli chat nomi yonida qizil chiroq bilan belgilanadi.

Qo‘l ko‘tarish
Agar barcha ishtirokchilarga ham mikrofon ruxsat berilmagan bo‘lsa, istalgan tinglovchi administratorlardan unga so‘z berilishini so‘rash uchun qo‘l ko‘tarishi mumkin.

Administratorlarga kimga so‘z berishni tanlash oson bo‘lishi uchun endi ishtirokchilar ro‘yxatida tarjimai hol matni ham chiqadi. U yerda professional malakalar, qiziqishlaringizni kiritishingiz yoki shunchaki o‘zingiz haqingizda bir nechta so‘z yozishingiz mumkin.

Gapiruvchilar va tinglovchilar havolalari
Ommaviy guruh va kanallar administratorlari endi bevosita ovozli chatni ochadigan taklif havolalarini yaratishi mumkin. Gapiruvchilar va tinglovchilar uchun alohida taklif havolalarini yaratish mumkin. Bu yo‘l bilan gapiruvchilar qo‘shilganida ular mikrofonini yoqishingiz shart emas hamda tinglovchilar uchun alohida havolani qiziqtiruvchi auditoriyali hamjamiyat va kanallarda tarqatish mumkin.

Yangi ishtirokchilarga muhokama mavzusini bildirish uchun ovozli chat uchun nom ham tanlashingiz mumkin.

Kanal nomidan qatnashish
Ovozli chatga nafaqat o‘z nomingizdan, balki kanallaringizdan biri nomidan qo‘shilishingiz mumkin – shu usul bilan jamoat arboblari va taniqli shaxslar shaxsiy hisobiga istalmagan diqqat qaratilishining oldini olishi mumkin.

Masalan, Braziliya va Turkiya prezidentlari Pavel Durov kanalida muhokamada qatnashishi va shaxsiy hisoblariga juda ko‘p xabar kelishidan xavfsiramasdan u yerda foydalanuvchilar bergan savollarga javob berishi mumkin.

Va boshqa yangilanishlar
Agar xabarlarni uzatishda bexosdan noto‘g‘ri chatni tanlasangiz, uzatishni bekor qilish yoki boshqa chatni tanlash uchun ularni yuborishdan oldin X tugmasini bosing.

Uzun ovozli xabarlarni tinglayotganda ijroni qolgan joyidan davom ettirishingiz mumkin. Bu imkoniyat avval uzun videolar va taronalar uchun mavjud edi va biz hammasiga nisbatan joriy qildik, deb o‘ylagan edik, lekin keyin buvimiz ham Telegram'da hisob ochdi.

Android foydalanuvchilarimizga bugun yana bitta qo‘shimcha funksiya taqdim etilmoqda. Ular endi chatlar ro‘yxatida chapga surish uchun qaysi amal belgilanishini tanlashi mumkin: chatlarni arxivlash, qadash, sukut qilish, o‘chirish yoki o‘qilgan deb belgilash. (iOS qurilmalarida qanday usulda surishingizga qarab ushbu barcha surish amallari har doim mavjud.)

Buguncha shular, keyingi yangilanishlarni kuzatib boring!

2021-yil, 19-mart
Telegram jamoasi»

O‘QING: Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!