Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

  •   DiMaX
  •  3377
  •  20.05.2019 08:26

Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Telegram messenjeri ma’muriyati shubhali kanallar, akkauntlar va botlarga nisbatan «firibgarlik» (scam) yorlig‘ini ishlata boshladi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» xabariga asoslanib Daryo yozmoqda.

O‘QING: Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Bugungi kunda yorliq 49 ta kanalga, jumladan, O‘zbekistonning 1 ta kanaliga ham berilgan. «Qora ro‘yxat»da Rossiya yetakchilik qilmoqda (45 ta kanal).

Shuningdek, Ukrainaning 2 ta kanali va Buyuk Britaniyaning 1 ta kanali ham kirgan. Ko‘pchiligi «savdo» va «boshqa» kategoriyaga tegishli. Bunday kanallarning umumiy a’zosi 1,7 million kishini tashkil qiladi.

Xuddi shunday yorliqni shubhali hisoblangan kanal administratorlari ham olgan. Uni profildagi tasvirdan topish mumkin.

Firibgar deya e’tirof etilgan kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ichki havola orqali kirish mumkin. Ammo messenjerning qidiruv tizimi orqali topib bo‘lmaydi.

Xabarda aytilishicha, bunday yorliq berish TON blokcheyn-platformasidagi e’lon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Telegram bunday yorliqni olmaslik uchun qanday qoidalarga amal qilish kerakligi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!