Telegram’dagi taqiq, cheklov va chegaralar
Ayni damda yurtimizda eng ko‘p foydalaniladigan Telegram messenjeri foydalanuvchilarga ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi. Lekin uning nimalarga ruxsat bermasligi, servisda qanaqa cheklovlar mavjudligidan xabaringiz bormi?
The Ficha.uz texnoblogi Telegram tomonidan kiritilgan cheklov va chegaralar, shuningdek, maksimum belgilar haqida ma’lumot berdi.
- Guruhlar – 200 tagacha guruhga obuna bo‘lish mumkin
- Username uzunligi – 5 dan 32 gacha belgi
- Qadalgan (Zakrepit, Pin to top qilingan) – 5 ta
- Super guruhlar – 100 000 ishtirokchi
- Spam-blokirovka – 3 kundan boshlab – umrbod blokirovka
- Botning about (profilining) menyusi uzunligi – 0 dan 120 gacha
- Guruhga qo‘shish – 50 tagacha
- Public (ommaviy) kanal – 8 tagacha yaratish mumkin
- Kanalga obunachi qo‘shish – 200 tagacha
- Fayl yuklash – maksimum 1.5 GB
O‘QING: Telegram 6.0: jildlar, arxiv, statistika va boshqalarni qarshi oling!
- Kanalning tavsifi (profili, haqida) – 255 tagacha belgi
- Bio uzunligi – 70 ta belgi
- Xabar uzunligi – 4096 ta belgi
- Botning tavsifi («What can do this bot?» menyusi) – 512 tagacha
- Botfather orqali yaratilgan botlar soni – 20
- Fotoalbom – 10 tagacha rasm
- Stikerpaklar – 200 dona
- Rasmli postning uzunligi – 200 ta belgi
- Faol bo‘lmagan akkauntning deaktivatsiyasi – 1 oydan 1 yilgacha. Buni «Nastroyki konfidensialnosti» menyusida sozlash mumkin.
- Xabarlarni tahrirlash – 48 soat ichida
- Ma’mur (administrator) o‘z kanaliga obuna bo‘lgan faqat 200 ta odamni ko‘ra oladi (qolgani qidiruv orqali topish mumkin).
- Obunachisi 1 000 tadan ortiq bo‘lgan kanal faqatgina administratsiya yordamida o‘chiriladi
- Telegraph’da yozilgan matn uzunligi – 32 798 belgigacha
- 500 tagacha kanalga obuna bo‘lish mumkin
- Dumaloq videoxabar uzunligi – 1 daqiqagacha.
O‘QING: Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?