Telegram'dagi yuzerneymlarning 70% eronlik kiberskvotterlar tomonidan band qilib kelingan - Durov

Telegram'dagi yuzerneymlarning 70% eronlik kiberskvotterlar tomonidan band qilib kelingan - Durov

Bir necha hafta oldin Telegram'da uzoq vaqtdan beri shunchaki band qilib kelingan yoxud 1 yildan ortiq vaqt ichida kontent joylanmagan minglab ommaviy kanallar yuzerneymlari hech qanday ogohlantirishsizlar olib qo'yilgan edi. Endilikda messenjer rahbarining xabar berishicha, yaqin vaqtgacha Telegram'dagi foydalanuvchi nomlarining 70 foizi eronlik kiberskvotterlar tomonidan faol bo'lmagan kanallarda saqlab kelingan va bu qidiruv natijalarini chalkashtirib yuboradigan o'lik yuzerneymlar qabristonini yaratib, millionlab foydalanuvchilarga o'z akkauntlari, guruhlari va kanallari uchun kerakli ommaviy manzilni tanlashga to'sqinlik qilgan. 

"(kiberskvotterlardan) Shunchaki band qilingan foydalanuvchi nomlarini olishni xohlangan foydalanuvchilar ko'pincha hech qanday javob olishmagan yoki aldanib qolishgan." deydi Pavel Durov.

Va shu sabab, Durov avgust oyi o'rtalarida o'tgan yil davomida bo'sh turgan va faol bo'lmagan kanallarga ulangan barcha ommaviy Telegram manzillarini olib tashlanganligini ma'lum qildi. 

"Biz bu manzillarning 99 foizini umumiy foydalanishga asta-sekin qayta kiritamiz. Ammo, bu safar algoritmik va geolokatsiya cheklovlari bilan. Shunda faqat bir nechta foydalanuvchilar emas, balki ko'proq foydalanuvchilar foyda ko'rishi mumkin bo'ladi."

Shuningdek, Pavel Durov yuqori qiymatga ega bo'lgan qisqa yuzerneymlarni tarqatishning eng samarali va adolatli yo'li ularni auksionga qo'yish ekanligini ham ta'kidlab o'tgan. Uning so'zlariga qaraganda shu yo'l bilan jozibali foydalanuvchi nomlarini qo'lga kiritganlar ulardan yaxshi foydalanishga va taniqli t.me manzillarini foydalanuvchilar uchun original kontent bilan to'ldirishga motivatsiyalanadilar.

Bundan tashqari, ommaviy yuzerneymlar uchun t.me/terabaytuz shaklidagi havola formatiga qo'shimcha tarzda yangi - terabaytuz.t.me shaklidagi havola formatini ham qo'llab-quvvatlanish boshlanganligi va ular allaqachon barcha brauzerlarda ishlayotgani e'lon qilindi.

O'QING: Xiaomi'ning navbatdagi Ultra smartfoni global bozorga chiqariladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!