Telegram’dan cho‘chigan WhatsApp endi boshqacha yo‘l tutdi

  •   DiMaX
  •  1430
  •  18.01.2021 09:31

Telegram’dan cho‘chigan WhatsApp endi boshqacha yo‘l tutdi

WhatsApp messenjerining foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishdan millionlab odamlar norozi bo‘lishgan edi. Uning yangi siyosati esa raqobatchilarga, jumladan Telegram platformasiga yaxshigina foyda keltirgan.

O‘QING: Telegram yaralganidan beri hali bunaqa shuhratga erishmagan edi!

O‘z foydalanuvchilarining katta qismidan ayrilib qolishdan cho‘chigan WhatsApp yangilangan shartnomaning amalga kiritilish muddatini surishga majbur bo‘ldi. Oldingi bayonotda yangi qoidalar 8 fevraldan joriy etilishi aytilgan bo‘lsa, endi bu 15 mayga qadar uzaytirildi.

Aytish kerakki, yangi qoidalarga ko‘ra, WhatsApp foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari Facebook kompaniyasiga qarashli boshqa ilovalarga ham uzatiladi. Biroq bunda shaxsiy yozishmalarning maxfiyligi saqlanishini kompaniya ta’kidlamoqda.

Dunyo bo‘ylab katta mashhurlikka erishgan WhatsApp messenjeri 2014 yil Facebook tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingandi. O‘tgan yil oktyabrda AQSh Adliya vazirligi Facebook’ni WhatsApp va Instagram’ga egalik qilishi sabab monopollikda aybladi. Biroq Facebook bu savdolarni vazirlikning o‘zi tasdiqlaganini aytib, vaziyatdan chiqib ketdi.

Telegram’ning dunyo bo‘ylab foydalanuvchilari soni esa oxirgi voqealardan so‘ng 500 milliondan oshib ketgan. Messenjer muassisi Pavel Durov esa Rossiyaning eng boy kishisi sifatida e’tirof etilgan.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!