Telegram’ga endi qo‘shiladigan guruhli videochatni hozirdanoq sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  521
  •  04.06.2021 12:31

Telegram’ga endi qo‘shiladigan guruhli videochatni hozirdanoq sinab ko‘ring!

Pavel Durov o‘zining kanalida Telegram messenjerida guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini may oyida ishga tushirishlarini aytgandi. Bu imkoniyatni o‘z ichiga oluvchi yangilanish rejalanganidan keyinroqqa qolgan bo‘lsa-da, videochatni allaqachon sinab ko‘rish mumkin.

O‘QING: Telegram asoschisi iPhone egalarini «Apple’ning qullari» deb atadi!

Telegram Uzbekistan rasmiy kanalining yozishicha, hozirdanoq @TeleUzChat guruhidagi videoqo‘ng‘iroqqa qo‘shila olasiz. Buning uchun Telegram Beta 7.8.0 ilovasini mana bu havola orqali yuklab olib o‘rnatishingiz lozim.

Telegram Qo‘llab-quvvatlash markazining O‘zbekistondagi rasmiy vakili – Davronbek Rustamovning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda u muntazam tarzdagi audio/video muloqotlar o‘tkazib borishni rejalashtirgan.

O‘QING: Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!