Telegram’ga endi WhatsApp va boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini import qila olasiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  565
  •  28.01.2021 15:10

Telegram’ga endi WhatsApp va boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini import qila olasiz! (+video)

WhatsApp messenjerining yangi siyosati esa raqobatchilarga, jumladan Telegram platformasiga yaxshigina foyda keltirgan. Keyin esa ushbu platforma ma’muriyati yangicha yo‘l tutgan. Shunga qaramasdan...

O‘QING: «Otning o‘limi – itning bayrami»: WhatsApp’ning yangi siyosatidan yutgan birgina Telegram emas!

Bitta messenjerdan boshqasiga «ko‘chib o‘tish»da ko‘pchilikni ikkilantiradigan jihat – eskisidagi yozishmalar o‘sha yoqda qolib ketishidir. Ularning tarixini yangi platformaga ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bor, lekin birmuncha murakkab va oddiy foydalanuvchining qo‘lidan kelavermaydi.

Telegram ma’muriyati shuni osonlashtirish usullari ustida ishlamoqda va tez orada bu imkoniyat foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Yaqinda ushbu messenjerning 7.4-versiyasi xatolik sababli ayrim foydalanuvchilarga tarqatilgan va keyin yangilanishi to‘xtatib qo‘yilgan. Tez orada messenjerning ham iOS, ham Android kliyentlari yangilanadi.

Xullas, o‘shanda ba’zi iPhone va iPad egalari Telegram’da yangi funksiya paydo bo‘lganini payqab qolishgan. Unda boshqa messenjerlardan, jumladan – WhatsApp’dan yozishmalar tarixini import qilish imkoni bor ekan!

Demak, ushbu funksiya yaqin orada Telegram’ning barcha platformalardagi foydalanuvchilariga taqdim etiladi, yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

Eslatib o‘tamiz, Tramp tarafdorlari Telegram orqali zo‘ravonlikka chaqirishgani to‘g‘risida yozgandik. Messenjer asoschisi esa so‘nggi chiqishlaridan birida Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tgan; shuningdek, Donald Tramp akkaunti haqiqiyligi haqidagi o‘zbek blogerining so‘roviga javoban, uning feyk ekanligini aytishgan.

O‘QING: Telegram’ni o‘chirib tashlash uchun Apple va Google’ni sudga berishdi!