Telegram’ga shu oydayoq videoqo‘ng‘iroq, so‘ng esa yana bir funksiya qo‘shiladi!

  •   DiMaX
  •  1534
  •  20.07.2020 09:56

Telegram’ga shu oydayoq videoqo‘ng‘iroq, so‘ng esa yana bir funksiya qo‘shiladi!

O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan Telegram ko‘p jihatdan raqobatchilaridan ustun; uning asosiy kamchiligi esa videoqo‘ng‘iroq funksiyasi yo‘qligidir. Yaqinda messenjerga ushbu funksiya qo‘shila boshlagan, biz uni faollashtirish usulini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, mazkur messenjer shu iyulning oxiridayoq videoqo‘ng‘iroq funksiyasini taqdim etadi. Bundan tashqari, keyinroq unda «Tarixlar» – Stories formatidagi xabarlar ham qo‘shilishi mumkin. Bu opsiya dastlab Snapchat va Instagram servislarida paydo bo‘lgan, keyin ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarga va hatto bank ilovalariga ham ko‘chgan.

Telegram messenjerida «Tarixlar» qanday ishlashi mumkinligi quyidagi konseptda ko‘rsatilgan:

Stories elementining messenjerga qay shaklda tatbiq etilishi masalasida hozircha bir qarorga kelingan emas. Telegram jamoasi hozirda bu masalani faol muhokama qilmoqda, chunki aksariyat (asosan Rossiyadan tashqaridagi) foydalanuvchilardan shu taklif ko‘p tushmoqda.

Ayni damda esa Telegram asosiy e’tiborni videoqo‘ng‘iroq joriy etilishiga qaratgan. Messenjerning har ikkala mobil platforma – iOS hamda Android uchun ishlab chiqilgan kliyentlari navbatdagi yangilanishda ushbu funksiyani taqdim etadi. Insayderlarga ko‘ra, videoqo‘ng‘iroq dastlab «tishlangan olmali» qurilmalar, keyinroq esa «yashil robotchali» devayslar egalariga yetib boradi.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!