Telegram'ga "Statuslar" funksiyasini qo‘shish taklif qilinmoqda

Telegram'ga

Butun dunyo dizaynerlari tomonidan Telegram uchun yangi funksiylar taklif qilinadigan Telegram Designers kanalida Ilya Grishin tomonidan "Statuslar" konsepti taklif qilinmoqda.

Unga ko‘ra foydalanuvchilar o‘zlarining holatlarini ifoda qilish uchun emojilardan foydalanishlari va holat haqida qisqacha xabar yozib qoldirishlari mumkin bo‘ladi. 

Dizayner Ilya Grishinning Kod Durova nashriga aytishicha, ushbu g‘oyaga uning hamkasblari sabab bo‘lgan. "Men uchun eng yorqin misollardan biri hamkasblarimdir. Telegram biz faol foydalanadigan messenjerlardan biridir.

Ular yo‘qligida yoki ta’tilida, ular ko‘pincha profil rasmiga "Ta’til" yozuvini qo‘yishadi yoki uni ismga qo‘shadilar. Instagramda buning uchun storislar mavjud." deydi dizayner. 

Taklif uchun qoldirilgan 1,500 dan ortiq layklarga qaraganda, konsept funksiya ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan. 

O‘QING: Windows 11 insayderlari yangi xususiyatlarni fosh etishda davom etishmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!