Telegram’ga tez orada qo‘shiladigan yangi funksiyalarni hozirdanoq sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1507
  •  16.06.2021 14:55

Telegram’ga tez orada qo‘shiladigan yangi funksiyalarni hozirdanoq sinab ko‘ring!

Foydalanuvchilarga tobora keng imkoniyatlarni taklif etib kelayotgan Telegram messenjeriga dasturchilar bir nechta yangi funksiyalarni qo‘shishdi. Ularni hozirda ilovaning beta-versiyasida sinab ko‘rish imkoni mavjud.

O‘QING: Mijozlarini sotmagani uchun Telegram bloklanishi va €55 mln.gacha jarimaga tortilishi mumkin

Telegram 7.8 Beta talqinida endi chatlarga animatsiyali fon qo‘yish imkoni yuzaga keldi. Bunda xabar yozayotgan paytda fonning rangi o‘zgarib turadi:

Bunday funksiyani ilovaning tashqi ko‘rinishi sozlamalarida yoqib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Shuningdek, endi guruhli videoqo‘ng‘iroq paytida smartfon ekranini namoyish etish va biror videoni translyasiya qilish mumkin. Mazkur funksiyani sinab ko‘rish uchun chatni #vid deb nomlash kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng guruh sozlamalarida videoyozuvni yoki ekranni ko‘rsatish sozlamalari uchun yangi parametrlar paydo bo‘ladi. Videoni ko‘rish uchun suhbatdoshlar ham Telegram 7.8 Beta ilovasini o‘rnatib olgan bo‘lishlari talab etiladi.

Android-smartfonlar egalari yuqoridagi funksiyalarni ishlatib ko‘rish uchun Telegram 7.8 Beta talqinini mana bu havola orqali yuklab olib, o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Messenjerning barqaror versiyasiga mazkur yangi imkoniyatlar tez orada navbatdagi yangilanish bilan yetib kelsa kerak.

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!