Telegram'ga xarajatlari uchun qancha pul kerak?

Telegram'ga xarajatlari uchun qancha pul kerak?

Yaqinda Telegram o'zining oylik aktiv foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganligini ma'lum qildi va shu bilan birga, messenjerning pullik obunasi ham taqdim qilindi. Kompaniya rahbari Pavel Durov o'zining blogida yozishicha, agar hozirgi foydalnuvchilarning atigi 2,5-3 foizi Telegram Premium obunasini sotib olsa, xizmat o'zining xarajatlarini qoplay oladi. Rossiyaning Forbes ushbu ma'lumotlarga asoslangan holda messenjerning xarajatlarini hisoblab chiqdi.

Ma'lum bo'lishicha, Telegram xarajatlari oyiga 45 million dollar yoxud yiliga 540 million dollarni tashkil qiladi va ularni qoplash uchun 2.5% foydalanuvchilarning Premium obunani sotib olishlari kifoya. Agar foydalanuvchilarning 3 foizi pullik obunaga obuna bo'lsa, shunda Telegram foyda ko'rishni boshlaydi va kompaniyada Instagram'dagi Stories kabi qimmat xizmatlarni ishga tushirish imkoniyati paydo bo'ladi.

So'nggi ikki yilda Telegram'ning oylik aktiv foydalanuvchilari 1.75 marta ya'ni 400 milliondan 700 milliongacha ko'paygan va bunda Telegram har bir foydalanuvchi uchun yiliga sarflaydigan xarajat 0.55 dollardan 0.77 dollargacha oshgan. Foydalanuvchilar harakatlari oshar ekan, Telegram server uskunalari, disk hajmlari va trafigi xarajatlari ham oshib boradi va Premium obuna bilan reklamalardan tushgan pullar, to'g'ri Durovning cho'ntagiga emas, balki mana shunday xarajatlar uchun sarflanadi.

O'QING: TikTok va Twitter uchun ozodlik yaqin 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!