Telegram’ga yana bir ajoyib funksiya qo‘shilmoqda! Bitta «lekin»i bor-da...

  •   DiMaX
  •  5057
  •  26.09.2020 10:27

Telegram’ga yana bir ajoyib funksiya qo‘shilmoqda! Bitta «lekin»i bor-da...

Yurtimizda juda ommabop messenjerlardan bo‘lgan Telegram servisining Android hamda iOS-kliyentlariga, shuningdek, Telegram Desktop dasturiga avgustdagi apdeyt bilan videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar qo‘shilgan edi. Endi esa uning dasturchilari yana bir foydali funksiyani tayyorlashayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Endi Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» mumkin!

Telegram’ning navbatdagi yangilanishida undagi kanallarning postlariga (publikatsiyalariga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlar (kommentariylar) yozish mumkin bo‘ladi. Ya’ni, kanaldagi har bir postni alohida izohlaganda, bu izohlar shu kanalga bog‘langan ommaviy guruhda aks etadi.

Lekin bu funksiya Telegram’ning o‘ziga va kanal yurituvchilarga mushkullik tug‘diradi, deyishmoqda mutaxassislar. Zero, foydalanuvchilar tegishli guruhga a’zo bo‘lmasdan turib ham kanalda izoh yoza olishlari tufayli, har bir publiksiyani izohlayverishlari oqibatida guruh spamga to‘lib ketadi. O‘z navbatida, guruhda yozilgan izohlar kanaldagi tegishli post izohlarida ham aks etadigan bo‘ladi.

Hozirgi holatda esa kanalga biriktirilgan guruhda izoh yozish uchun guruhga kirish, turli moderator botlar tekshiruvidan o‘tish kerak bo‘ladi.

Bu va boshqa yangi imkoniyatlar Telegram’ning keyingi yangilanishida qo‘shiladi, uning qachon taqdim etilishi esa hozircha noma’lum. Ehtimol, ungacha dasturchilar kanal va guruhlarni spamdan himoyalashning biror chorasini topishar.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!