Telegram'ga yangi funksiyalar qo‘shildi!

Telegram'ga yangi funksiyalar qo‘shildi!

Telegram'ning uzoq kutilgan yangilanishi vanihoyat yetib keldi. Android va iOS uchun ilovalar 8.9 versiyaga yangilandi va u quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

Maxsus animatsiyali emojilar

Ushbu yangilanish bilan Telegram o‘zining barcha uchun ochiq bo‘lgan animatsiyali emoji platformasini ishga tushirganini e’lon qildi. Endilikda istalgan foydalanuvchi o‘zi yaratgan animatsiyali emojilarni @Stickers boti orqali Telegram'ga yuklashi mumkin.

Yangi animatsiyali emojilarni o‘z xabarlaringiz matniga qo‘shsangiz bo‘ladi va ular yuborilganidan keyin ham matn ichida animatsiyalanib turadi. Telegram Premium egalari har biri unikal qahramonlarga ega o‘nlab emojilardan tashkil topgan va jami 500 dan ortiq dastlabki 10 ta maxsus emojilar to‘plamidan foydalana olishadi. Lekin, oddiy Telegram foydalanuvchilari ham o‘zlarinining Saqlangan xabarlar chatida ularni sinab ko‘rish uchun bepul foydalanishlari ham mumkin.

Maxsus interaktiv emojilar

Maxsus to‘plamdagi ko‘plab mashhur emojilar to‘liq ekran effektiga ega - chatda ularni bir o‘zini jo‘nating va shunda uning bosganingizda interaktiv xususiyatini ko‘rishingiz mumkin.

iOS uchun ilovada yangi stiker, GIF va emojilar paneli

Endilikda iOS uchun Telegram ilovasida stikerlar paneli Android, veb ilovalar va kompyuter dasturida bo‘lgani kabi stikerlar, GIF'lar va emojilar uchun alohida sahifalar bilan yangi ko‘rinishga ega.

Ma’lum bo‘lishicha, endi barcha ilovalardagi GIF bo‘limi turli xil filmlar va shoulardan olingan minglab yuqori sifatli GIF'lar bilan boyiydi.

Ovozli xabarlar uchun maxfiylik sozlamalari

Endi Premium obunasiga ega do‘stingiz yoki tanishingizga ovozli yoki videoxabar yubora olmasligingiz mumkin, chunki endi ularning maxfiylik sozlamalarida kimlar ovozli yoki videoxabar yubora olishini boshqarish imkonini beradigan yangi funksiya bor.

Biroq, agar ularga yaxshi do‘st bo‘lsangiz ular sizni istisno qilishlari va o‘zlarining oq ro‘yxatlariga ham qo‘shishlari ham mumkin.  

Telegram Premium'ni hadya qilish

Agar siz Telegram Premium foydalanuvchisi bo‘lsangiz va uning ajoyib funksiyalaridan boshqa yaqinlaringiz ham foydalanishi istasangiz, endi ularga 3, 6 yoki 12 oylik obunani chegirma narxida sovg‘a qilish imkoniga ham egasiz.

Buning uchun hadya qilmoqchi bo‘lgan odamingiz profilini oching va uch nuqtali tugmani bosib, Telegram Premium'ni hadya qilishni bosing. O‘zingiz istagan muddatni tanlab to‘lovni amalga oshiring va sovg‘angiz chatda animatsiyali hadya qutisi ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 

Kompyuter uchun Telegram yoki Android uchun Telegram veb-saytidan yuklab olingan Telegram Direct egalari Premium obunani sovg‘a qilish uchun @PremiumBot botidan foydalanishlari mumkin.

Ko‘proq interaktiv emojilar va yangi reaksiyalar

Oddiy Telegram foydalanuvchilari uchun ham to‘liq ekranli effektga ega interaktiv 🍌🤨⚡️💔🏆😐 emojilari yangi qo‘shilgan bo‘lib, Premium egalari ulardan xabalarga reaksiya berishda ham foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, endi ushbu yangilanish bilan Android va kompyuter uchun Telegram ilovalarida Emoji 14.0 (yuqoridagi suratdagi emojilar) qo‘llab-quvvatlanadi. 

Barcha o‘zgarishlar hozircha shular. Telegram ilovangizni Google Play Store yoki App Store orqali yangilang yoki agar kompyuterda bo‘lsangiz Sozlamalar bo‘limidan yangilanishni kelganini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda Galaxy Z Fold/Flip4 narxi qancha va qanday qilib ularga oldindan buyurtma berish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!