Telegram’ni o‘chirib tashlash uchun Apple va Google’ni sudga berishdi!

  •   DiMaX
  •  1082
  •  27.01.2021 12:06

Telegram’ni o‘chirib tashlash uchun Apple va Google’ni sudga berishdi!

WhatsApp messenjerining yangi siyosati esa raqobatchilarga, jumladan Telegram platformasiga yaxshigina foyda keltirgan. Keyin esa ushbu platforma ma’muriyati yangicha yo‘l tutgan. Shunga qaramasdan...

O‘QING: «Otning o‘limi – itning bayrami»: WhatsApp’ning yangi siyosatidan yutgan birgina Telegram emas!

Lekin bu orada Telegram messenjeriga qarshi jiddiy chiqishlar ham bo‘lmoqda. Shulardan biri Vashingtondagi «Xavfsiz internet koalitsiyasi» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Mark Ginzberg bo‘ladi.

Ginzberg yaqinda App Store ilovalar do‘konidan Telegram’ni olib tashlashni talab qilib Apple ustidan sudga ariza bergan edi. Uning da’vosiga ko‘ra, bu servis taqiqlangan giyohvandlik moddalarini sotish uchun platforma vazifasini o‘tamoqda.

Kuni kecha «Xavfsiz internet koalitsiyasi» yetakchisi Kaliforniya sudiga Google ustidan ariza topshirgan. Qidiruv gigantiga qo‘yilayotgan talab ham o‘sha – Telegram dasturini Play Store katalogidan o‘chirib tashlash. Lekin bu gal messenjerga boshqacharoq ayblar qo‘yilgan – «u zo‘ravonlik, ekstremizm va antisemitizmni qo‘llab-quvvatlamoqda».

Hozircha ushbu masala bo‘yicha Telegram ham, Google va Apple ham rasman javob berishmagan. Faqat o‘tgan haftada Pavel Durov zo‘ravonlikka chaqiruvchi yuzlab xabarlarni messenjer moderatorlari o‘chirib tashlashganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp tarafdorlari Telegram orqali zo‘ravonlikka chaqirishgani to‘g‘risida yozgandik. Messenjer asoschisi esa so‘nggi chiqishlaridan birida Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tgan; shuningdek, Donald Tramp akkaunti haqiqiyligi haqidagi o‘zbek blogerining so‘roviga javoban, uning feyk ekanligini aytishgan.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.